Termiz va Sochi o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiMejdu Termezom i Sochi otkroyetsya noviy aviareys
Mejdu Termezom i Sochi otkroyetsya noviy aviareys - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2024
Obuna bo‘lish
“Termez-Sochi” yo‘nalishida parvoz vaqti 3 soat 50 daqiqani tashkil etadi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Termiz va Sochi shaharlari o‘rtasida aprel oyidan boshlab aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Shu yilning 1-aprelidan boshlab, “Termiz xalqaro aeroporti”dan ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaning Sochi shahriga “Termiz-Sochi” (Adler) yo‘nalishida yangi aviareys parvozi boshlanadi.
“Bundan ko‘zlangan maqsad xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish, turizmni rivojlantirish hamda vohadoshlarning Rossiya Federatsiyasiga safarlari uchun qulayliklar yaratishdan iborat”, — deyiladi xabarda.
Parvozlar zamonaviy va xavfsiz bo‘lgan “Superjet-100” havo kemasida “Azimut” aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
“Termez-Sochi” yo‘nalishida parvoz vaqti 3 soat 50 daqiqani tashkil etadi.
Aviareyslar haftaning dushanba kunlari “Termiz-Sochi” va “Sochi-Termiz” yo‘nalishida amalga oshiriladi.
Samolet Sukhoi Superjet 100 aviakompanii Azimut - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
“Azimut” Sochidan Samarqandga parvozlarni boshladi
Yangiliklar lentasi
0