Barcha tumanda Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari ish boshlaydi

© Unsplash / Tyler Franta Rabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va eksportga jalb etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Barcha tumanda Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari ish boshlaydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va eksportga jalb etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaRassmotreni predlojeniya po podderjke predprinimateley i vovlecheniyu ix v eksportnuyu deyatelnost
Rassmotreni predlojeniya po podderjke predprinimateley i vovlecheniyu ix v eksportnuyu deyatelnost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2024
Rassmotreni predlojeniya po podderjke predprinimateley i vovlecheniyu ix v eksportnuyu deyatelnost
Qayd etilishicha, o‘tgan yili eksportchi korxonalarga 665 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatilib, 3 milliard 200 million dollarlik eksport ta’minlangan.
“Lekin ayrim tarmoq va hududlarda bu mablag‘lardan samarali foydalanilmagan. Elektr texnikasi, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, zargarlik tarmoqlarida eksport o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yetmagan. Uyushmalar tomonidan 2 ming 709 ta salohiyatli eksportchilar qamrab olinmagan, ularga haligacha biror yordam ko‘rsatilmagan”, — deyiladi xabarda.
Shu bois hududlarda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalarini yaxlit tizimda birlashtirish maqsad qilinmoqda.
“12 ta tarmoq va sanoat uyushmasini Savdo-sanoat palatasi tizimiga o‘tkazish taklif etilmoqda. Bu orqali loyiha tayyorlash va eksport tizimi davlatdan tadbirkorlar o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilotga o‘tadi. Natijada ularning talab va istaklarini eshitish, muammolarini hal qilish osonlashadi, tadbirkorlarning o‘zaro hamkorligi kuchayadi”, — deyiladi xabarda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, sohadagi agentlik va jamg‘armalar o‘rniga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi.
U chet eldan malakali dizayner, texnolog va marketologlarni jalb etib, milliy mahsulotlarni xalqaro talablarga moslashtirish, eksportchilarning yangi bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish, milliy brendlarni xorijda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. Bu kompaniya tomonidan subsidiya, kompensatsiya va boshqa ko‘maklar tadbirkorlarning barqarorlik reytingi asosida ajratiladi.
Shuningdek, “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan aloqalari kuchaytiriladi. Barcha tumanda Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari ish boshlaydi.
Mutasaddilar bu yil mahalliy sanoat eksporti hajmini 12 milliard dollarga yetkazish rejalari to‘g‘risida axborot berdi.
Yangiliklar lentasi
0