Shavkat Mirziyoyev BAA prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Amirliklar sarmoyasi ishtirokida 300 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, qo‘shma loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshdi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbari BAA prezidentining tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, do‘st Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Ikki mamlakat yetakchilari butun musulmon olami uchun muqaddas bo‘lgan muborak Ramazon oyining boshlangani bilan ham bir-birini samimiy tabriklashdi.
“O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik bugungi kunda yuksak darajaga chiqqani katta mamnuniyat bilan qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2023-yil yakuniga ko‘ra o‘zaro savdo hajmi 20 foizga oshdi. O‘zbekistonda Amirliklar sarmoyasi ishtirokida 300 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, qo‘shma loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshdi. Bundan tashqari, yuqori texnologiyalar, energetika, geologiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, IT, infratuzilma, logistika va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Tomonlar amaliy hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda faollashtirishga tayyor ekanini tasdiqlashdi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0