Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning G‘azo sektorida port qurish g‘oyasini izohladi

© Sputnik / Maksim BlinovRossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirligi
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2024
Obuna bo‘lish
Bogdanov: AQShning G‘azoda port yaratish g‘oyasi qanchalik qulay ekanligini falastinliklar o‘zlari hal qiladi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Falastinliklar AQShning G‘azo sektorida gumanitar yordam yetkazish uchun port yaratish tashabbusi ular uchun maqbulmi yoki yo‘qligini o‘zlari hal qilishlari kerak. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Falastinlik do‘stlarimiz qaror qilsin. Albatta, tez va samarali insonparvarlik yordamini ko‘rsatish zarur. Ammo falastinliklarning o‘zlari bu yordamni yetkazishning maqbul yo‘llarini belgilashi kerak”, — dedi Bogdanov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressga Pentagonga G‘azo sektoriga u yerda amerikalik qo‘shinlar ishtirokisiz gumanitar yordam yetkazish uchun vaqtinchalik port qurishni buyurayotganini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0