https://oz.sputniknews.uz/20240312/ozbekiston-tojikiston-hukumatlararo-komissiya-bayonnoma-42894741.html
O‘zbekiston va Tojikiston Hukumatlari o‘rtasida bayonnoma imzolandi — tafsilotlar
O‘zbekiston va Tojikiston Hukumatlari o‘rtasida bayonnoma imzolandi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2024-03-12T16:00+0500
2024-03-12T16:00+0500
2024-03-12T16:00+0500
iqtisod
tojikiston
o‘zbekiston
abdulla aripov
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0c/42897476_0:88:1280:808_1920x0_80_0_0_d11ecbc718bba1b462a163b8a7ae4df7.jpg
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 11-yig‘ilishi bayoni imzolandi.Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro chegara savdo zonasini yaratish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uchinchi mamlakatlarga eksport qilish uchun chegara hududlarida ulgurji tarqatish markazlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Majlisda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotgani, ayni paytda Oliy darajadagi uchrashuv arafasida O‘zbekiston-Tojikiston ikkinchi hududlararo forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.Transport-kommunikatsiya sohasi qo‘shma savdo-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, birodarlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik muhim omil bo‘lishi qayd etildi.Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 757 million dollarga yetdi. Kelgusida o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazish uchun birgalikda barcha choralarni ko‘rish lozimligi qayd etildi. Aytilishicha, bunga sanoat kooperatsiyasi, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport-logistika sohalarida qator qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirish orqali erishish mumkin.
tojikiston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0c/42897476_43:0:1238:896_1920x0_80_0_0_8bb279dbe2e8321de08e20fadc6de6b8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dushanbeda o‘zbekiston tojikiston savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi abdulla aripov
dushanbeda o‘zbekiston tojikiston savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi abdulla aripov
O‘zbekiston va Tojikiston Hukumatlari o‘rtasida bayonnoma imzolandi — tafsilotlar
Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 11-yig‘ilishi
bayoni imzolandi. Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro chegara savdo zonasini yaratish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uchinchi mamlakatlarga eksport qilish uchun chegara hududlarida ulgurji tarqatish markazlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
"Agrosanoat, to‘qimachilik, farmatsevtika, kimyo, metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish yuzasidan mavjud imkoniyatlarni ishga solish lozimligi belgilandi", — deyiladi xabarda.
Majlisda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotgani, ayni paytda Oliy darajadagi uchrashuv arafasida O‘zbekiston-Tojikiston ikkinchi hududlararo forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.
"Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida ham hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat chegaradosh hududlarida qo‘shma qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish va hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazishdan manfaatdorligini bildirdi", — deya qayd etildi xabarda.
Transport-kommunikatsiya sohasi qo‘shma savdo-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, birodarlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik muhim omil bo‘lishi qayd etildi.
"Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 11-yig‘ilishi bayoni imzolandi", — deyiladi xabarda.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 757 million dollarga yetdi. Kelgusida o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazish uchun birgalikda barcha choralarni ko‘rish lozimligi qayd etildi.
Aytilishicha, bunga sanoat kooperatsiyasi, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport-logistika sohalarida qator qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirish orqali erishish mumkin.