https://oz.sputniknews.uz/20240312/ozarbayjon-alisher-navoiy-ozbek-tili-madaniyat-markaz-42885730.html
Ozarbayjonda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazi ochiladi
Ozarbayjonda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazi ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Ganja shahrida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazini ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
2024-03-12T13:20+0500
2024-03-12T13:20+0500
2024-03-12T13:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ozarbayjon
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
alisher navoiy
o‘zbek tili
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/09/42422315_0:0:960:540_1920x0_80_0_0_b12f5b7548c1758cbb4981920d276b87.png
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Ozarbayjonning Ganja shahrida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazi ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi ganjalik olimlar va ziyolilar bilan uchrashdi. Unda Ganja universiteti, Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasining Ganja bo‘limi va Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.Aytilishicha, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi prezidenti akademik Isa Habibeyli taklifiga binoan Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot institutining 90-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.Shuningdek, u Ozarbayjon Tilshunoslik intituti ilmiy jamoasi tomonidan nashrga tayyorlangan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit-turk” kitobi taqdimotida qatnashdi.Mazkur nashr 1937-yil o‘zbek ma’rifatparvar jadidchilaridan bo‘lgan Xolid Saidxo‘jayev tomonidan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan matn asosida tayyorlangan.Sirojiddinov mazkur nashr dunyo turkologiyasida yangi tadqiqotlarga turtki berishi shubhasizligini ta’kidladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/09/42422315_0:0:960:720_1920x0_80_0_0_57f14f580a4f3bb5360d27207248cf32.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ganja shahri alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazi fanlar akademiyasi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori shuhrat sirojiddinov
ganja shahri alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazi fanlar akademiyasi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori shuhrat sirojiddinov
Ozarbayjonda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazi ochiladi
Ganja shahrida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazini ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Ozarbayjonning Ganja shahrida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazi ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston fanlar akademiyasi matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi ganjalik olimlar va ziyolilar bilan uchrashdi. Unda Ganja universiteti, Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasining Ganja bo‘limi va Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
“Uchrashuv Ganja shahrida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazini ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi prezidenti akademik Isa Habibeyli taklifiga binoan Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot institutining 90-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.
Shuningdek, u Ozarbayjon Tilshunoslik intituti ilmiy jamoasi tomonidan nashrga tayyorlangan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit-turk” kitobi taqdimotida qatnashdi.
Mazkur nashr 1937-yil o‘zbek ma’rifatparvar jadidchilaridan bo‘lgan Xolid Saidxo‘jayev tomonidan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan matn asosida tayyorlangan.
“Xolid Saidxo‘jayev 1918-yil jadidchilik harakatiga qarshi qatliom boshlanganda O‘zbekistondan Ozarbayjonga ko‘chgan, ammo bu yerda ham mustabid tuzum qatag‘oniga uchrab 1937-yil otuvga hukm etilgan edi. Saidxo‘jayevning ushbu tarjimasi qariyb 100-yil davomida noma’lum bo‘lib, institut tomonidan olib borilgan uzoq izlanishlardan so‘ng topildi”, —deyiladi xabarda.
Sirojiddinov mazkur nashr dunyo turkologiyasida yangi tadqiqotlarga turtki berishi shubhasizligini ta’kidladi.