https://oz.sputniknews.uz/20240311/turkiya-tadbirkor-samarqand-sayyohlik-majmua-42867775.html
Turkiyalik tadbirkor Samarqandda sayyohlik majmuasini barpo etishni rejalashtirmoqda
Turkiyalik tadbirkor Samarqandda sayyohlik majmuasini barpo etishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari turkiyalik tadbirkor Rashid Xon bilan muzokara o‘tkazishdi.
2024-03-11T10:13+0500
2024-03-11T10:13+0500
2024-03-11T12:05+0500
turizm
o‘zbekiston
turkiya
samarqand
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38936025_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_7f10d9444f3c4e91f07bede599745138.jpg
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Turkiyalik tadbirkor Samarqand viloyatida sayyohlik majmuasini barpo etishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari turkiyalik tadbirkor Rashid Xon bilan muzokara o‘tkazishdi. Unda mamlakatga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Turk tadbirkoriga O‘zbekistonda xorijiy investor uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, logistika imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.Mamlakatda sanoat, transport, energetika, turizm va "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy loyihalar ham aytib o‘tildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq misrlik sarmoyador Samarqandda sayyohlik majmuasini barpo etish loyihasida ishtirok etishga qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingan edi. Sayyohlik majmuasini uch bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20231117/sankt-peterburg-va-samarqand-turizm-sohasida-hamkorlikni-kuchaytiradi-41068022.html
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38936025_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_2b518da4c81143ff72d659dcab3a4a40.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston bosh konsulxonasi turkiyalik tadbirkor rashid xon samarqand
o‘zbekiston bosh konsulxonasi turkiyalik tadbirkor rashid xon samarqand
Turkiyalik tadbirkor Samarqandda sayyohlik majmuasini barpo etishni rejalashtirmoqda
10:13 11.03.2024 (yangilandi: 12:05 11.03.2024) O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari turkiyalik tadbirkor Rashid Xon bilan muzokara o‘tkazishdi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Turkiyalik tadbirkor Samarqand viloyatida sayyohlik majmuasini barpo etishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari turkiyalik tadbirkor Rashid Xon bilan muzokara o‘tkazishdi. Unda mamlakatga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
“Tomonlar Samarqand viloyatida sayyohlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish istiqbollarini o‘rganish to‘g‘risida kelishib olishdi”, — deyiladi xabarda.
Turk tadbirkoriga O‘zbekistonda xorijiy investor uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, logistika imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Mamlakatda sanoat, transport, energetika, turizm va "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy loyihalar ham aytib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq misrlik sarmoyador Samarqandda sayyohlik majmuasini barpo etish loyihasida ishtirok etishga qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingan edi. Sayyohlik majmuasini uch bosqichda amalga
oshirish rejalashtirilgan.