O‘zbekistonlik o‘quvchilar Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadi

© Sputnik / Vadim ShekunMatematicheskie formuli
Matematicheskie formuli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2024
Obuna bo‘lish
IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasi 11-16 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘quvchilar Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Adigeya Respublikasida 11-16 mart kunlari IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi shu yilning 10-11 fevral kunlari Toshkentda o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.
Ishtirokchilar:
Axtamov Ozod - Toshkent shahar , Yashnobod tumani , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi;
Suyunova Madina - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o‘quvchisi;
Boboqulov Asadbek - Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi ;
Zohidjonov Elbek - Toshkent shahar , Yashnobod tumani , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o‘quvchisi.
Yangiliklar lentasi
0