Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukrainaning 47 ta dronini urib tushirdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota rossiyskix sredstv PVO na Xarkovskom napravlenii
Rabota rossiyskix sredstv PVO na Xarkovskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2024
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Rostov viloyatida 41 ta, Volgogradda uchta, Kurskda ikkita dron yo‘q qilindi, Belgorod viloyatida yana bitta dron zararsizlantirildi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bir kechada 47 ta dron, shu jumladan Rostov viloyati osmonida 41 ta dronni urib tushirdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Bugun tunda Kiyev rejimining Rossiya Federatsiyasi hududidagi nishonlarga qarshi 47 ta samolyot tipidagi dronlardan foydalangan holda terrorchilik hujumi uyushtirishga urinishi to‘xtatildi”, — deyiladi idora xabarida.
Qayd etilishicha, Rostov viloyatida 41 ta, Volgogradda uchta, Kurskda ikkita dron yo‘q qilindi, Belgorod viloyatida yana bitta dron zararsizlantirildi.
Tunda Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev Taganrogga dronning yirik hujumi qaytarilgani haqida xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar yo‘q, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi yaralangan. Keyinroq Golubev Morozovskka yaqinlashayotganda bir nechta dronlar yo‘q qilingani haqida xabar berdi.
Bundan tashqari, 9-martga o‘tar kechasi Kursk osmonida bitta dron yo‘q qilingan. Uning qoldiqlari poliklinika tomiga tushib, bemorlar va xodimlarni yaqin atrofdagi reanimatsiya bo‘limidan evakuatsiya qilishga majbur qilgan.
Ukraina Qurolli Kuchlari deyarli har kuni dronlar yordamida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi nishonlarga hujum qilishga urinmoqda. Havo hujumidan mudofaa kuchlari dushman uchuvchi apparatlarini muvaffaqiyatli tutib olmoqda.
Yangiliklar lentasi
0