Ukraina uchuvchisiz apparatlari tufayli parvozlar vaqtincha cheklandi

© Sputnik / Igor Onuchin / Mediabankka o‘tishSamolyot v nebe
Samolyot v nebe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2024
Obuna bo‘lish
Volgograd osmonida parvozlar cheklovi tufayli samolyotlar muqobil aerodromga jo‘natildi.
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Ukraina uchuvchisiz apparatlari hujumi tufayli Volgograd osmonida yo‘lovchi samolyotlari parvoziga vaqtincha cheklovlar joriy etildi, deb xabar qildi aeroport ma’muriyati RIA Novostiga.
"Havo hududidagi cheklovlar tufayli Sharm-ash-Shayxdan Volgogradga uchayotgan "Ural Airlines" kompaniyasining parvozi Astraxandagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi. Shuningdek, Moskvadan uchgan "Pobeda" va "Aeroflot" aviakompaniyalaridan ikkita reys kechiktirildi", - dedi Volgograd aeroporti vakili Anastasiya Golodova.
Cheklovlar vaqtinchalik kiritilgan bo‘lib, ayni damda ular olib tashlangan.
Rossiya Mudofaa vazirligining havo hujumidan mudofaa tizimlari juma oqshomi va ertalab Volgograd viloyati hududida Ukrainaning 15 ta dronini yo‘q qilganini ma’lum qildi. Viloyat gubernatori ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar va vayronalar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0