Toshkent metrosi uchun yana 12ta yangi vagon olib kelindi

© GUP "Toshkent metropoliteni"Vchera v Tashkent bili dostavleni 3 novix chetirexvagonnix sovremennix podvijnix sostava metro.
Vchera v Tashkent bili dostavleni 3 novix chetirexvagonnix sovremennix podvijnix sostava metro. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2024
Obuna bo‘lish
Rossiyaning "Metrovagonmash" kompaniyasining yana 12 ta yangi metro poyezdi Toshkentga yetib keldi
TOShKENT, 8 mar – Sputnik. “Toshkent metropoliteni” DUKga Rossiyaning "Metrovagonmash" korxonasidan yana 12 ta yangi vagonlar olib kelinedi oldi, deb xabar qilmoqda bermoqda metropoliten matbuot xizmati.
“Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qulayligini ta’minlash maqsadida bugun Toshkentga yana 12 ta metro vagonlari yetib keldi”, — deyiladi metropolitenning Telegram kanalida e’lon qilingan xabarda.
Undan tashqari, Toshkent metropoliteni tizimida 11-martdan boshlab 2ta yangi bekat - Turon (13 bekat) va Qipchoq (14 bekat) bekatlari ishga tushadi.
Fevral oyining oxirida ham Toshkent metropolitenga har biri to‘rt vagondan iborat 3 ta yangi poyezd qabul qilingani, ular asosan "Yunusobod" va “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishlarida foydalanishga topshirilishi haqida xabar bergan edik. 2024-yil may oyi oxiriga qadar yana 8 ta metro poyezdini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Yangi mtero vagonlari VEB.RF Rossiya davlat taraqqiyot korporatsiyasi, Rossiya eksport markazi AJ, "Rosximbank" kreditlari va O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari evaziga amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Toshkent metropoliteni har kuni 500 mingga yaqin odamni (umumiy tashish hajmining qariyb 25 foizini) tashiydi. 50 ta stansiyadan iborat to‘rtta liniya uzunligi 70 kilometrdan oshadi.
Yangiliklar lentasi
0