https://oz.sputniknews.uz/20240308/rossiyadan-qaytgan-evgeniya-gutsul-kishinevda-shov-shuv-bilan-kutib-olindi-42848292.html
Rossiyadan qaytgan Yevgeniya Gutsul Kishinyovda shov-shuv bilan kutib olindi
Rossiyadan qaytgan Yevgeniya Gutsul Kishinyovda shov-shuv bilan kutib olindi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bilan hamkorlik tarafdori bo‘lgan Gagauziya rahbari Gutsulni kutib olish uchun Kishinev aeroportiga yuzlab odamlar kelishdi. 08.03.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-03-08T21:00+0500
2024-03-08T21:00+0500
2024-03-11T12:07+0500
moldova
rossiya
yevropa ittifoqi
yevropa
muxolifat
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/08/42848423_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_76e3a8b9554857ea3a00f96c90477894.jpg
TOShKENT, 8 mar – Sputnik. Moldova Respublikasi tarkibidagi Gagauziya muxtoriyati rahbari Yevgeniya Gutsul Rossiyaga tashrifidan so‘ng Moldovaga qaytdi, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri.Bundan oldin hukumatga yaqin amaldorlar uni Putin bilan uchrashgani uchun sudga berilishi va hibsga olinishi mumkinligini xabar qilgan edi. Ushbu gap-so‘zlar sababli ham siyosatchining tarafdorlari Rossiyadan qaytgach, uni kutib olish uchun aeroport binosiga kelishgan. Odam ko‘pligidan aroport tashqarisida ham uzun navbat paydo bo‘lgan.Rossiyaga tashrifGutsul Rossiyaga tashrifi davomida prezident Vladimir Putin, Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko, prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Sergey Kiriyenko va boshqa hukumat vakillari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, u Sochida bo‘lib o‘tgan Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etdi va u erda Gagauziya allaqachon hamkorlik shartnomalariga ega bo‘lgan Rossiya mintaqalari rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi. Gutsul Krasnodar o‘lkasi va Penza viloyati bilan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanini ta’kidladi.Gagauziya Moldova janubidagi muxtoriyat bo‘lib, u an’anaviy ravishda Rossiya bilan yaqinlashish tarafdori. Kishinyov esa Yevropa bilan integratsiya yo‘nalishini e’lon qilgan. 2014-yil fevral oyida ushbu hududda mamlakat tashqi siyosatining vektorini aniqlash masalasi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilarining 98 foizdan ortig‘i respublikani "Rossiya-Belarus" bojxona ittifoqiga qo‘shish tarafdori bo‘lgan edi.Muxtoriyat bosim ostida O‘tgan yilning bahorida Gagauziyada mintaqa rahbari uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi, unda Shor partiyasidan nomzod bo‘lgan Yevgeniya Gutsul g‘alaba qozondi. Iyun oyida Moldova hukumati bu siyosiy kuchni konstitutsiyaga zid deb e’lon qildi va uni Rossiya bilan hamkorlikda aybladi. Prezident Mayya Sandu haligacha Gutsulni hukumat a’zosi sifatida tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagani yo‘q, garchi bu mamlakat qonunchiligi talab qilsa ham.O‘shandan beri Kishinyov mintaqaga iqtisodiy bosim o‘tkaza boshladi. Shu tariqa, oktabr oyida Moldova parlamenti Gagauziya agentlariga QQSni respublika budjetidan emas, balki mahalliy budjetdan qaytarish belgilangan. Bu Gagauziya budjetida 6,8 million dollar yo‘qotishga olib keladi. O‘tgan haftada mamlakat Konstitutsiyaviy sudi ushbu tuzatishlarni noqonuniy deb topib, ularni bekor qildi.
moldova
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Glava Gagauzii Yevgeniya Gutsul v aeroprtu Kishineva
Sputnik O‘zbekiston
Glava Gagauzii Yevgeniya Gutsul vernulas Moldaviyu iz RF. Na vixode iz zala prilota yee vstrechali rodstvenniki i soratniki. Gutsul vishla iz aeroporta besprepatstvenno, oboshlos bez zaderjaniya.
2024-03-08T21:00+0500
true
PT0M13S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/08/42848423_176:0:2907:2048_1920x0_80_0_0_9abf8d51da54780944002b717a64b622.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moldova, rossiya, yevropa ittifoqi, yevropa, muxolifat, vladimir putin
moldova, rossiya, yevropa ittifoqi, yevropa, muxolifat, vladimir putin
Rossiyadan qaytgan Yevgeniya Gutsul Kishinyovda shov-shuv bilan kutib olindi
21:00 08.03.2024 (yangilandi: 12:07 11.03.2024) Rossiya bilan hamkorlik tarafdori bo‘lgan Gagauziya rahbari Gutsulni kutib olish uchun Kishinev aeroportiga yuzlab odamlar kelishdi.
TOShKENT, 8 mar – Sputnik. Moldova Respublikasi tarkibidagi Gagauziya muxtoriyati rahbari Yevgeniya Gutsul Rossiyaga tashrifidan so‘ng Moldovaga qaytdi, deb
xabar berdi RIA Novosti muxbiri.
"Kishinyov aeroportida uni yuzlab kishilar va jurnalistlar kutib olishdi. Gutsul aeroportdan hech qanday to‘siqsiz va hibsga olinmasdan chiqib ketdi", - deyiladi xabarda.
Bundan oldin hukumatga yaqin amaldorlar uni Putin bilan uchrashgani uchun sudga berilishi va hibsga olinishi mumkinligini xabar qilgan edi.
Ushbu gap-so‘zlar sababli ham siyosatchining tarafdorlari Rossiyadan qaytgach, uni kutib olish uchun aeroport binosiga kelishgan. Odam ko‘pligidan aroport tashqarisida ham uzun navbat paydo bo‘lgan.
Gutsul Rossiyaga tashrifi davomida prezident Vladimir Putin, Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko, prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Sergey Kiriyenko va boshqa hukumat vakillari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, u Sochida bo‘lib o‘tgan Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etdi va u erda Gagauziya allaqachon hamkorlik shartnomalariga ega bo‘lgan Rossiya mintaqalari rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi. Gutsul Krasnodar o‘lkasi va Penza viloyati bilan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanini ta’kidladi.
Muxtoriyat rahbarining o‘zi ta’kidlaganidek, uning Rossiyaga tashrifi uchun unga nisbatan ish qo‘zg‘atilishi muhim emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, u 2014-yil 2-fevralda bo‘lib o‘tgan referendumda Moskva bilan aloqalarni mustahkamlash tarafdori bo‘lgan gagauz xalqi manfaatlarini ilgari suradi.
Gagauziya Moldova janubidagi muxtoriyat bo‘lib, u an’anaviy ravishda Rossiya bilan yaqinlashish tarafdori. Kishinyov esa Yevropa bilan integratsiya yo‘nalishini e’lon qilgan. 2014-yil fevral oyida ushbu hududda mamlakat tashqi siyosatining vektorini aniqlash masalasi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilarining 98 foizdan ortig‘i respublikani "Rossiya-Belarus" bojxona ittifoqiga qo‘shish tarafdori bo‘lgan edi.
O‘tgan yilning bahorida Gagauziyada mintaqa rahbari uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi, unda Shor partiyasidan nomzod bo‘lgan Yevgeniya Gutsul g‘alaba qozondi. Iyun oyida Moldova hukumati bu siyosiy kuchni konstitutsiyaga zid deb e’lon qildi va uni Rossiya bilan hamkorlikda aybladi.
Prezident Mayya Sandu haligacha Gutsulni hukumat a’zosi sifatida tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagani yo‘q, garchi bu mamlakat qonunchiligi talab qilsa ham.
O‘shandan beri Kishinyov mintaqaga iqtisodiy bosim o‘tkaza boshladi. Shu tariqa, oktabr oyida Moldova parlamenti Gagauziya agentlariga QQSni respublika budjetidan emas, balki mahalliy budjetdan qaytarish belgilangan. Bu Gagauziya budjetida 6,8 million dollar yo‘qotishga olib keladi. O‘tgan haftada mamlakat Konstitutsiyaviy sudi ushbu tuzatishlarni noqonuniy deb topib, ularni bekor qildi.