https://oz.sputniknews.uz/20240307/shavkat-mirziyoev-ayollarni-8-mart-bilan-tabrikladi-42838853.html
Shavkat Mirziyoyev ayollarni 8-mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev ayollarni 8-mart bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Bugun Toshkentda Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 07.03.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-03-07T18:31+0500
2024-03-07T18:31+0500
2024-03-08T11:47+0500
jamiyat
prezident
shavkat mirziyoyev
xotin-qizlar
tabrik
8 mart - xalqaro xotin-qizlar kuni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/07/42835239_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_da872b5cbb3b923e1eec667bf9bc7280.jpg
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayollarni 8-mart bayrami bilan tabrikladi. Shundan so‘ng prezident ayollar davlat va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi va bu borada so‘nggi yillarda respublikada amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.O‘zbekistonda so‘nggi 7-yilda davlat boshqaruvi sohasida ayollar ulushi 27 foizdan 35 foizgacha oshdi, gender tenglik bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakati qatoriga kirdi, dedi prezident.Shundan so‘ng davlat rahbari ayollar uchun oliy ta’lim olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun barcha imkoniyatlariga ega bo‘lish muhim ekanini ta’kidladi. So‘z yakunida davlat rahbari bola tarbiyasiga e’tibor berish, bog‘cha va maktablarga borib farzandlar o‘qishi bilan qiziqish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/07/42835239_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_85e497055351d2a253b36e3b2fbcec95.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident, shavkat mirziyoyev, xotin-qizlar, tabrik, 8-mart - xalqaro xotin-qizlar kuni
jamiyat, prezident, shavkat mirziyoyev, xotin-qizlar, tabrik, 8-mart - xalqaro xotin-qizlar kuni
Shavkat Mirziyoyev ayollarni 8-mart bilan tabrikladi
18:31 07.03.2024 (yangilandi: 11:47 08.03.2024) Bugun Toshkentda Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayollarni 8-mart bayrami bilan tabrikladi.
“Assalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo‘lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlarim! <…> O‘zlaringiz kabi go‘zal bayramingiz muborak bo‘lsin! ”, - deb boshladi prezident tabrik so‘zini.
Shundan so‘ng prezident ayollar davlat va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi va bu borada so‘nggi yillarda respublikada amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekistonda so‘nggi 7-yilda davlat boshqaruvi sohasida ayollar ulushi 27 foizdan 35 foizgacha oshdi, gender tenglik bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakati qatoriga kirdi, dedi prezident.
Shundan so‘ng davlat rahbari ayollar uchun oliy ta’lim olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun barcha imkoniyatlariga ega bo‘lish muhim ekanini ta’kidladi.
“Chunki ayollarning, xususan, qiz bolaning o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lishi, kasb-hunar egallashi oila baxti, farzandlar kamoli uchun, shu asosda butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi”, - dedi prezident.
So‘z yakunida davlat rahbari bola tarbiyasiga e’tibor berish, bog‘cha va maktablarga borib farzandlar o‘qishi bilan qiziqish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Muhtarama opa-singillar!
Siz, azizlarni bugungi bahor va nafosat bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, fayzu baraka tilayman. Har biringizga hamisha oilangiz, farzandu nabiralaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lish nasib etsin! Katta rahmat sizlarga!, - deb tabrik so‘zini yakunladi prezident.