Mirziyoyev topshirig‘iga asosan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVideoselektornoe soveshanie po voprosam ratsionalnogo ispolzovaniya zemelnix resursov.
Videoselektornoe soveshanie po voprosam ratsionalnogo ispolzovaniya zemelnix resursov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2024
Obuna bo‘lish
Majlisda prezidentning tegishli qarori bilan Ilzat Ablaxatovich Kasimov Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani ma’lum qilindi.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Bugun, 7-mart kuni Vazirlar Mahkamasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
Yig‘ilish O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan o‘tkazildi. Bosh vazir raisligida o‘tgan majlisda vazirliklar va idoralar rahbarlari, viloyatlar hokimlari ishtirok etdi.
“Tanqidiy ruhda o‘tgan videoselektorda xorijiy davlatlar bilan sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarning ijrosini so‘zsiz va o‘z vaqtida ta’minlash o‘ta muhimligi ta’kidlandi”, - deyiladi xabarda.
Majlisda prezidentning tegishli qarori bilan Ilzat Ablaxatovich Kasimov Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani ma’lum qilindi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish, chet el davlatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, Osiyo mamlakatlari, ayniqsa, Xitoyning rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan o‘tgan uchrashuv va muzokaralarda erishilgan kelishuvlar, hamkorlikda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Yangiliklar lentasi
0