https://oz.sputniknews.uz/20240306/xivaning-shuhrati-yanada-yuksaladi--shaharga-yangi-maqom-berildi-42807881.html
Xivaning shuhrati yanada yuksaladi — shaharga yangi maqom berildi
Xivaning shuhrati yanada yuksaladi — shaharga yangi maqom berildi
Sputnik O‘zbekiston
Xiva Islom dunyosining sayyohlik shahriga aylandi. Bu shaharga xorijiy va mahalliy sayyohlarni yanada ko‘proq jalb qilish, shuningdek, turizm infratuzilmasini yanada faol rivojlantirish imkonini beradi.
2024-03-06T16:15+0500
2024-03-06T16:15+0500
2024-03-06T16:53+0500
o‘zbekiston
xiva
turizm
ichki turizm
turistlar
turizm qo‘mitasi
islom dini
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/06/42803604_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_3b3edf7e0e718f0242559f063e03cf24.jpg
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekistonning turizm sohasidagi shaffoflik siyosati, viza rejimini soddaligi, madaniy merosni asrab-avaylash va tarixiy shaharlarni obodonlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan choralarni inobatga olgan holda Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar 2024-yilda Xiva shahriga "Islom dunyosining sayyohlik shahri" maqomini berish uchun ovoz berdi.Qadimiy shahar ushbu nominatsiyani 2022-yil iyun oyida IHTga a’zo davlatlar turizm vazirlarining Boku shahrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida olgan edi. O‘shanda Abu-Dabi (BAA), Shanliurfu (Turkiya), Laos (Nigeriya) va Dushanbe (Tojikiston) ham xuddi shunday maqom olish uchun nominatsiyaga qo‘yilgan edi. Shahar tanlanishida asosiy maqsad uning madaniyati va tarixining Islom dunyosiga ta’sirini baholash edi.Sertifikatni Xiva hokimi Timur Davletovga IHT bosh kotibi o‘rinbosari Ahmad Kavesa Sengendo topshirdi.Xiva – Markaziy Osiyoda to‘liq saqlanib qolgan yagona yodgorlik shahridir, deb ta’kidladi Turizm qo‘mitasi. Shu sababli ham shahar har kuni butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. O‘tgan yili bu yerga 500 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Jamshid Abdusalomovning so‘zlariga ko‘ra, ularning 20 foizga yaqini IHTga a’zo davlatlar vakillaridir.Xiva rossiyalik sayyohlar uchun ham mashhur yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Sputnik agentligiga Turizm qo‘mitasining aniqlik kiritishicha, 2023-yilda Xivaga Rossiya Federatsiyasidan 193 ming sayyoh tashrif buyurgan.Shaharning asosiy ramzi bo‘lgan Ichan-qal’a majmuasining yoshi ikki ming yildan oshgan. Sputnik O‘zbekiston muxbiriga mahalliy gid Madamin Madaminovning ma’lum qilishiga ko‘ra, shahar-muzey hududida 360 ta uy mavjud bo‘lib, ularda shu kungacha 3 mingga yaqin aholi ro‘yxatga olingan.Joriy yilda prezident qarori doirasida Xiva shahrining sayyohlik salohiyatini faol targ‘ib qilish maqsadida “Taste of Uzbekistan Festival” gastronomik festivali, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan "Strongmen" xalqaro musobaqasi, shuningdek, Xalqaro ziyorat turizmi kabi tadbirlar haftaligi o‘tkaziladi.Malumot uchun, bugungi kunda IHT 1,7 milliard aholiga ega 57 davlatni birlashtirgan dunyodagi eng yirik xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1996-yilda a’zo bo‘lgan.
o‘zbekiston
xiva
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/06/42803604_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_43f67176413ffe52dac7095cd2ed5413.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
xiva islom dunyosining sayyohlik shahri
xiva islom dunyosining sayyohlik shahri
Xivaning shuhrati yanada yuksaladi — shaharga yangi maqom berildi
16:15 06.03.2024 (yangilandi: 16:53 06.03.2024) Eksklyuziv
Xiva Islom dunyosining sayyohlik shahriga aylandi. Bu shaharga xorijiy va mahalliy sayyohlarni yanada ko‘proq jalb qilish, shuningdek, turizm infratuzilmasini yanada faol rivojlantirish imkonini beradi.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekistonning turizm sohasidagi shaffoflik siyosati, viza rejimini soddaligi, madaniy merosni asrab-avaylash va tarixiy shaharlarni obodonlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan choralarni inobatga olgan holda Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar 2024-yilda Xiva shahriga "Islom dunyosining sayyohlik shahri" maqomini berish uchun ovoz berdi.
Qadimiy shahar ushbu nominatsiyani 2022-yil iyun oyida IHTga a’zo davlatlar turizm vazirlarining Boku shahrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida olgan edi. O‘shanda Abu-Dabi (BAA), Shanliurfu (Turkiya), Laos (Nigeriya) va Dushanbe (Tojikiston) ham xuddi shunday maqom olish uchun nominatsiyaga qo‘yilgan edi. Shahar tanlanishida asosiy maqsad uning madaniyati va tarixining Islom dunyosiga ta’sirini baholash edi.
Sertifikatni Xiva hokimi Timur Davletovga IHT bosh kotibi o‘rinbosari Ahmad Kavesa Sengendo topshirdi.
“Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan Xiva shahriga Islom dunyosining sayyohlik shahri maqomi berilgani Xiva shahrining xalqaro turizm bozorida yanada mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanishi imkonini bermoqda”, – dedi Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov.
Xiva – Markaziy Osiyoda to‘liq saqlanib qolgan yagona yodgorlik shahridir, deb ta’kidladi Turizm qo‘mitasi. Shu sababli ham shahar har kuni butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. O‘tgan yili bu yerga 500 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Jamshid Abdusalomovning so‘zlariga ko‘ra, ularning 20 foizga yaqini IHTga a’zo davlatlar vakillaridir.
“Xiva butun islom dunyosiga mashhur va IHT bu shaharni ommalashtirishga qo‘shimcha turtki bo‘lmoqda. Xivaga kelayotgan sayyohlar sonini yiliga 1 million kishiga yetkazishni rejalashtirmoqdamiz”, — qo‘shimcha qildi Abdusalomov.
Xiva rossiyalik sayyohlar uchun ham mashhur yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Sputnik agentligiga Turizm qo‘mitasining aniqlik kiritishicha, 2023-yilda Xivaga Rossiya Federatsiyasidan 193 ming sayyoh tashrif buyurgan.
Shaharning asosiy ramzi bo‘lgan Ichan-qal’a majmuasining yoshi ikki ming yildan oshgan. Sputnik O‘zbekiston muxbiriga mahalliy gid Madamin Madaminovning ma’lum qilishiga ko‘ra, shahar-muzey hududida 360 ta uy mavjud bo‘lib, ularda shu kungacha 3 mingga yaqin aholi ro‘yxatga olingan.
Joriy yilda prezident qarori doirasida Xiva shahrining sayyohlik salohiyatini faol targ‘ib qilish maqsadida “Taste of Uzbekistan Festival” gastronomik festivali, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan "Strongmen" xalqaro musobaqasi, shuningdek, Xalqaro ziyorat turizmi kabi tadbirlar haftaligi o‘tkaziladi.
Malumot uchun, bugungi kunda IHT 1,7 milliard aholiga ega 57 davlatni birlashtirgan dunyodagi eng yirik xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1996-yilda a’zo bo‘lgan.