“Arktikani ko‘rish orzuim ushaladi”: toshkentlik talaba Shimoliy qutbga boradi

© Rosatom15 uchastnikov Vsemirnogo festivalya molodeji otpravatsya v ekspeditsiyu na Severniy polyus na atomnom ledokole "Rosatoma"
15 uchastnikov Vsemirnogo festivalya molodeji otpravatsya v ekspeditsiyu na Severniy polyus na atomnom ledokole Rosatoma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2024
Obuna bo‘lish
Butunjahon yoshlar festivali dasturi doirasida Shimoliy qutbdagi ekspeditsiyaga qatnashadigan 15 nafar ishtirokchi tanlab olindi.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Toshkentlik talaba Shimoliy qutbga borish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Rosatom” matbuot xizmati xabar berdi.
“Rosatom” davlat korporatsiyasi Butunjahon yoshlar festivali dasturi doirasida Shimoliy qutbdagi ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyaga qo‘shiladigan 15 nafar ishtirokchini tanlab oldi.
Tanlov 28-fevral, Arktika kunida boshlandi va bir necha bosqichda o‘tkazildi. Dunyoning turli burchaklaridan yoshlardan jami ikki mingdan ortiq ariza kelib tushdi.
Nomzodlar ekspeditsiya dasturi uchun ijodiy va innovatsion yechimlarni taklif qilishdi, intellektual o‘yinlarda ishtirok etishdi, loyihani o‘z shaharlari va mamlakatlarida targ‘ib qilish uchun o‘zlarini va g‘oyalarini taqdim etishdi.
5 mart kuni Butunjahon yoshlar festivalida yakuniy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yosh ishtirokchilar hakamlar hay’atiga Arktikaga noyob ilmiy yoshlar ekspeditsiyasi doirasida qo‘llashlari mumkin bo‘lgan noyob kompetensiyalarini taqdim etishdi.
Hakamlar hay’ati raisi, “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachov shunday dedi: “Bizning oldimizda qiyin vazifa turibdi – Rosatom yadroviy muzorar kemasida Shimoliy qutbga yoshlar ilmiy ekspeditsiyasi tarkibida murabbiy bo‘ladigan atigi 14 nafar mutaxassisni tanlash. Eng yaxshilarni tanlash imkon qadar xolisona amalga oshirildi. Ishonchim komilki, finalchilar yangi bilimlar va g‘oyalar bilan boyitishdan tashqari, sayyoramizning eng ekzotik burchaklaridan biriga ajoyib ekspeditsiyaga ega bo‘lishadi”.
Tanlov g‘oliblarining nomlari 6-mart kuni festivalning asosiy sahnasida e’lon qilindi va oxirgi, 15-ishtirokchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri festivalning ertalabki shousida tanlandi.
Ekspeditsiya ishtirokchilari orasida sakkiz mamlakat, jumladan, O‘zbekiston, Kamerun, Bangladesh, Tunis, Belarus va Rossiya vakillari bor. Finalchilarga sertifikatlarni “Ural” va “Arktika” yadro muzorarlari kapitanlari Ivan Kurbatov va Aleksandr Skrabin topshirdi.
O‘zbekistonlik ishtirokchi, "MMFI" milliy tadqiqot yadro universiteti" Toshkent filiali 4-bosqich talabasi Sha=zoda Yoqubovaning so‘zlariga ko‘ra, uning Arktikani o‘z ko‘zi bilan ko‘rish orzusi ushaladi.

“Ekspeditsiya davomida men Shimoliy qutbga yaqinlashganimizda kosmik nurlarni o‘rganmoqchiman. Keyin esa – bir qator seminarlar o‘tkazish va yosh olimlar klubi a’zolari bilan birgalikda ushbu yo‘nalishdagi izlanishlarni davom ettirish”, — dedi u.

Xalqaro yoshlar hamkorligini rivojlantirish maqsadida Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoniga muvofiq, 2024-yilda Butunjahon yoshlar festivali o‘tkazilmoqda. Unda ta’lim, fan, xalqaro hamkorlik, madaniyat, ko‘ngillilik va xayriya, sport, biznes, ommaviy axborot vositalari kabi sohalarda 20 ming nafar yosh yetakchi, jumladan, 10 ming nafar xorijiy ishtirokchi ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0