Mirziyoyev bir guruh xotin-qizlarni Zulfiya mukofoti bilan taqdirladi — ular kimlar?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrazdnichnoe meropriyatie po sluchayu 8-marta – Mejdunarodnogo jenskogo dnya. Arxivnoe foto
Prazdnichnoe meropriyatie po sluchayu 8-marta – Mejdunarodnogo jenskogo dnya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2024
Obuna bo‘lish
Sovrindorlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh xotin-qizlarni Zulfiya mukofoti bilan taqdirladi. Bu haqda davlat rahbari qabul qilgan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 28 nafar xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
"Mukofot bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin", — deyiladi hujjat matnida.
Sovrindorlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar:
1.
Xudaybergenova Gulshinar Jangabayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi
2.
Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari fakulteti filologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
3.
Suleymanova O‘g‘ilxon Abdurazok qizi - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Andijon viloyati bo‘limi artist-maqomchisi
4.
Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi - Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani "Gara guri" mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi
5.
Pulatova Mohichexra Temirovna - Buxoro davlat universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti
6.
To‘xtamishova Gulnora Mels qizi - Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabining informatika fani o‘qituvchisi
7.
Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati)
8.
Xojiboqiyeva Niginaxon O‘tkir qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
9.
Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
10.
Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti
11.
Eshpo‘latova Mohira O‘tkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi (Navoiy viloyati)
12.
Omonboyeva Meruyert Erkin qizi - Navoiy viloyati Nurota tumanidagi "Qosimqaji-Meruyert" mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori
13.
Xakimova Dilshoda Oybek qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
14.
Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
15.
Savadan Vilana Arsenovna - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
16.
Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi - Samarqand viloyati Tayloq tumani "Qo‘shchinor" gazetasi muxbiri
17.
Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
18.
Irisqulova Kamola Normat qizi - Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati)
19.
Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati)
20.
Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna - Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi
21.
Tursunboyeva Fotima Botir qizi - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati)
22.
Xaqnazarova Umida Ural qizi - Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich magistranti
23.
Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha sportchisi
24.
Yo‘ldasheva Muxayyoxon Alisher qizi - Farg‘ona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi
25.
Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi
26.
Sapayeva Risolat Rustam qizi - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi
27.
Tosheva Marjana Rustam qizi - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi o‘qituvchisi
28.
Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya san’ati fakulteti 1-bosqich talabasi
Prodaja svetov nakanune 8-marta.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2024
Xotin-qizlar bayramida berish mumkin bo‘lgan top-10 sovg‘a
Yangiliklar lentasi
0