https://oz.sputniknews.uz/20240305/giyohvandlik-internet-sotish-javobgarlik-42788726.html
Giyohvandlik vositalarini internetda sotganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Giyohvandlik vositalarini internetda sotganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Giyohvandlik vositalarini internet jahon axborot tarmog‘i orqali amalga oshirish, bunday vositalarni tarqatish va reklama qilishning yangi usullaridan foydalanish keskin ortmoqda.
2024-03-05T18:16+0500
2024-03-05T18:16+0500
2024-03-05T18:16+0500
o‘zbekiston
jamiyat
deputatlar
oliy majlis qonunchilik palatasi
giyohvand moddalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/08/21262518_0:178:3009:1870_1920x0_80_0_0_e31900be0179d4a31e34e86ba9fe677a.jpg
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Giyohvandlik vositalarini internet orqali sotganlarga javobgarlik kuchaytirilmoqda, deya xabar berdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.Quyi palataning navbatdagi majlisida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof ravishda muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.Qayd etilishicha, giyohvandlik vositalarini internet jahon axborot tarmog‘i orqali amalga oshirish, bunday vositalarni tarqatish va reklama qilishning yangi usullaridan foydalanish keskin ortmoqda.Shunday usullardan biri “narkograffiti” usuli bo‘lib, bunda noqonuniy tashkil etilgan internet-do‘kon manzili haqida ma’lumot devor va yo‘laklarga chizish orqali tarqatilmoqda. Shuningdek, ularni iste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlarga yoshlarni, ayniqsa voyaga yetmaganlarni jalb qilish ham ko‘payib bormoqda.Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.O‘zbekistonda yana bir dori giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildiMajlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20230823/ozbekiston-taqiqlangan-dorilar-royxat-38145657.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/08/21262518_138:0:2869:2048_1920x0_80_0_0_7ed57d7e2ff58842ceee5455084ca6c0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
giyohvandlik vositalari internet jahon axborot tarmog‘i reklama
giyohvandlik vositalari internet jahon axborot tarmog‘i reklama
Giyohvandlik vositalarini internetda sotganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Giyohvandlik vositalarini internet jahon axborot tarmog‘i orqali amalga oshirish, bunday vositalarni tarqatish va reklama qilishning yangi usullaridan foydalanish keskin ortmoqda.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Giyohvandlik vositalarini internet orqali sotganlarga javobgarlik kuchaytirilmoqda, deya xabar berdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.
Quyi palataning navbatdagi majlisida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof ravishda muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, giyohvandlik vositalarini internet jahon axborot tarmog‘i orqali amalga oshirish, bunday vositalarni tarqatish va reklama qilishning yangi usullaridan foydalanish keskin ortmoqda.
Shunday usullardan biri “narkograffiti” usuli bo‘lib, bunda noqonuniy tashkil etilgan internet-do‘kon manzili haqida ma’lumot devor va yo‘laklarga chizish orqali tarqatilmoqda. Shuningdek, ularni iste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlarga yoshlarni, ayniqsa voyaga yetmaganlarni jalb qilish ham ko‘payib bormoqda.
“Qonun loyihasi bilan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
“Hujjat loyihasining qabul qilinishi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni targ‘ib yoki reklama qilinishi yoxud noqonuniy muomalasining barvaqt oldini olishga xizmat qiladi”, — deya qo‘shimcha qilingan matbuot xizmati xabarida.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.