Lavrov Siriusda o‘tayotgan yosh diplomatlarning global forumida ishtirok etmoqda — video

Obuna bo‘lish
Sergey Lavrov Butunjahon yoshlar festivali doirasida bo‘lib o‘tayotgan forumda uchrashuv o‘tkazdi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Butunjahon yoshlar festivali doirasida bo‘lib o‘tayotgan yosh diplomatlarning VII Global forumi ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shu yilning 6-martga qadar davom etadigan forum doirasida global kun tartibidagi qator masalalar bo‘yicha ishchi sessiyalar o‘tkaziladi.
Joriy panel muhokamasi Rossiya va uning ko‘p qutbli dunyo shakllanishidagi roliga bag‘ishlangan. Rossiya TIV rahbari yosh hamkasblari bilan manfaatlar muvozanati va yangi xalqaro tartibni muhokama qildi.
Tadbir dasturidan mahorat darslari, muhokamalar, panel va treninglar, ijodiy guruhlarning chiqishlari, konsert va tok-shoular o‘rin olgan.
Butunjahon yoshlar festivali Sirius federal hududida 2024-yil 1-martdan 7-martgacha bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish uchun 190 mamlakatdan 300 mingdan ortiq kishi ariza topshirgan. Festivalning mintaqaviy dasturi 10-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi, uning ishtirokchilari Rossiyaning 30 ta shahriga tashrif buyurishadi.
Festivalda O‘zbekistondan 200 dan ortiq kishi ishtirok etmoqda. Delegatlar orasida o‘rta maktab o‘quvchilari, talabalar, “G‘alaba ko‘ngillilari” Butunrossiya jamoat harakati faollari, tadbirkorlar, maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari bor.
Yangiliklar lentasi
0