Qaysi hududda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredpriyatie Andijanskogo promishlennogo xaba. Illyustrativnoe foto
Predpriyatie Andijanskogo promishlennogo xaba. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2024
Obuna bo‘lish
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning eng ko‘pi Toshkentda qayd etildi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 14 mingdan oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Qayd etilishicha, respublikada shu yilning 1-fevral holatiga, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 14 199 tani tashkil etgan. Demak, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi eng ko‘p korxonalar Toshkent shahri va uning viloyatida qayd etildi.
Hududlar kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni:
Toshkent shahrida – 9 240 ta;
Toshkent viloyatida – 1 597 ta;
Samarqand viloyatida – 565 ta;
Farg‘ona viloyatida – 502 ta;
Surxondaryo viloyatida – 348 ta;
Buxoro viloyatida – 341 ta;
Andijon viloyatida – 309 ta;
Namangan viloyatida – 231 ta;
Navoiy viloyatida – 218 ta;
Sirdaryo viloyatida – 204 ta;
Jizzax viloyatida – 178 ta;
Qoraqalpog‘iston respublikasi – 171 ta;
Qashqadaryo viloyatida – 163 ta;
Xorazm viloyatida – 132 ta.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar oyida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 265 ta yangi korxonalar tashkil etilgan. Ularning eng ko‘pi savdo sohasida.
Predpriyatie “Siyovush tekstil” v Kaganskom rayone Buxarskoy oblasti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2024
O‘zbekistonning qaysi hududida sanoat korxonalari soni ko‘p?
Yangiliklar lentasi
0