https://oz.sputniknews.uz/20240303/mask-aqsh-bayonot-davlat-qarz-42749095.html
"Mening aybim": Mask AQShning kelajagi haqida hayratlanarli bayonot berdi
"Mening aybim": Mask AQShning kelajagi haqida hayratlanarli bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Mask: AQShning butun federal budjeti qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lashga ketadi.
2024-03-03T11:00+0500
2024-03-03T11:00+0500
2024-03-03T11:00+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
qarz
davlat qarzi
ilon mask
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/14/36109991_0:82:3072:1810_1920x0_80_0_0_a30ca2ef9755f11aea1c5faeda3af1d7.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Kelajakda AQSh federal budjeti qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lashdan boshqa hech narsa uchun yetarli bo‘lmaydi. Bu haqda amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.U mashhur Shibetoshi Nakamoto ijtimoiy sahifasining xabariga shunday izoh berib, davlat qarzi bilan bog‘liq muammolarga qaramay, AQSh hukumati Ilon Maskni hamon asosiy muammo deb bilishini kinoya qildi.Nashr AQSh davlat qarzi har yuz kunda bir trillion dollarga oshib borayotgan CNBC materialiga havolani taqdim etdi.Avvalroq AQSh Kongressining Budjet burosi 2034-yil oxirigacha mamlakatning davlat qarzi AQSh yalpi ichki mahsulotining 116 foizini tashkil qiluvchi mutlaq tarixiy rekordga yetishi haqida hisobot e’lon qilgan edi. Ta’kidlanganidek, Amerika qonunchiligida o‘zgarishlar bo‘lmasa, ushbu sanadan keyin qarz darajasi o‘sishda davom etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/14/36109991_632:34:2873:1715_1920x0_80_0_0_00b37c925ab6694f2f2b22ce8fb6af32.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ilon mask aqsh federal budjet qarzlar foizlar
ilon mask aqsh federal budjet qarzlar foizlar
"Mening aybim": Mask AQShning kelajagi haqida hayratlanarli bayonot berdi
Mask: AQShning butun federal budjeti qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lashga ketadi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Kelajakda AQSh federal budjeti qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lashdan boshqa hech narsa uchun yetarli bo‘lmaydi. Bu haqda amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. U mashhur Shibetoshi Nakamoto ijtimoiy sahifasining xabariga shunday izoh berib, davlat qarzi bilan bog‘liq muammolarga qaramay, AQSh hukumati Ilon Maskni hamon asosiy muammo deb bilishini kinoya qildi.
"Shubhasiz, bu mening aybim", — deb hazillashdi Mask. "Ammo, jin ursin, biz bu haqda nimadir qilsak yaxshi bo‘lardi, aks holda butun federal budjet foizlarni to‘lashga ketadi va boshqa hech narsa qolmaydi!" — deb ogohlantirdi.
Nashr AQSh davlat qarzi har yuz kunda bir trillion dollarga oshib borayotgan CNBC materialiga havolani taqdim etdi.
Avvalroq AQSh Kongressining Budjet burosi 2034-yil oxirigacha mamlakatning davlat qarzi AQSh yalpi ichki mahsulotining 116 foizini tashkil qiluvchi mutlaq tarixiy rekordga yetishi haqida hisobot e’lon qilgan edi. Ta’kidlanganidek, Amerika qonunchiligida o‘zgarishlar bo‘lmasa, ushbu sanadan keyin qarz darajasi o‘sishda davom etadi.