Mirziyoyev Urganchdagi harbiy-akademik litseyga bordi
10:30 02.03.2024 (yangilandi: 11:37 04.03.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil voyenno-akademicheskiy litsey imeni Djaloliddina Manguberdi v gorode Urgenche.
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari muassasa, ta’lim jarayonlari bilan tanishdi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 1-mart kuni Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyni borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’lim muassasasi 2023-2024 o‘quv yilidan faoliyat boshlagan. 300 o‘rinli zamonaviy binoda yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular bu yerda aniq fanlar yo‘nalishida ikki yil ta’lim oladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil voyenno-akademicheskiy litsey imeni Djaloliddina Manguberdi v gorode Urgenche.
O‘quv xonalari eng so‘nggi rusumdagi multimedia va kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan. Litsey axborot-resurs markazida 7 mingdan ortiq o‘quv va badiiy kitoblar, 11 mingdan ortiq elektron adabiyotlar bor. U viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tarmog‘iga ulangan. Shuningdek, bu yerda Jaloliddin Manguberdi muzeyi, yopiq turdagi sport zal hamda ochiq maydondagi sport shaharchasi, saf maydoni, oshxona va yotoqxona mavjud. O‘quvchilar darsdan tashqari o‘ndan ortiq fan, axborot texnologiyalari, ijodiy to‘garaklar hamda sport mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Bepul kiyim-kechak, to‘rt mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil voyenno-akademicheskiy litsey imeni Djaloliddina Manguberdi v gorode Urgenche.
Davlat rahbari muassasa, bu yerdagi ta’lim jarayonlari bilan tanishdi. O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Jaloliddin Manguberdining vatanparvarligi, jasorati yosh avlod uchun ibrat ekanligi ta’kidlandi.
“Bu yerda aniq fanlar o‘qitilishi yaxshi. Shu bilan birga, dars jarayonlarida vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, qadriyatlarimizni ham o‘rgatish lozim. Shunday bo‘lishi kerakki, milliy ruh va g‘urur yoshlarning eng kuchli quroli bo‘lishi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil voyenno-akademicheskiy litsey imeni Djaloliddina Manguberdi v gorode Urgenche.
Harbiy-jangovar qudrat, yuksak ma’naviy salohiyat yurt himoyachilarining muhim tayanchi ekaniga urg‘u berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil voyenno-akademicheskiy litsey imeni Djaloliddina Manguberdi v gorode Urgenche.
Shundan so‘ng Xorazm viloyatiga tashrif yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.