Prezident taklif qilgan musiqachi Toshkentda konsert berdi — video

Obuna bo‘lish
Rossiyalik violonchel ustasi Sergey Roldugin va skripkachi Pavel Milyukovlar ishtirokida Toshkentda konsert bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Toshkentdagi Xalqaro forumlar saroyi sahnasida Potr Chaykovskiyning “Rokoko mavzusidagi variatsiyalar” va Maks Bruxning skripka va orkestr uchun 1-sonli konserti yangradi.

Yakkaxon ijrochilar violonchelchi Sergey Roldugin va skripkachi Pavel Milyukovlar Alibek Kabduraxmonov rahbarligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri hamrohligida ijro etishdi.

Tomoshabinlar orasida O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va boshqalar bor edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning oxirida Sankt-Peterburgga tashrifi chog‘ida Sergey Rolduginni O‘zbekistonga taklif qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0