Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Nijniy Novgorod viloyatida Ukraina dronlari tutib olindi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishPolk S-400 zastupil na boyevoe dejurstvo v Krimu
Polk S-400 zastupil na boyevoe dejurstvo v Krimu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2024
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari bir kechada Nijniy Novgorod viloyati osmonida Ukrainaning uchta dronlarini tutib oldi va Belgorod viloyatida bittasini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Tunda Kiyev rejimining Rossiya Federatsiyasi hududida samolyot tipidagi dronlar yordamida nishonlarga qarshi teraktlar uyushtirishga urinishi to‘xtatildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Aholi punkti rahbari Ivan Noskovga ko‘ra, Nijniy Novgorod viloyatida yirik sanoat shahri Dzerjinskda dronlar ushlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlar sanoat hududiga hujum qilishga uringan.
"Talofatlar va vayronagarchiliklar yo‘q, voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Sanoat obyektlari odatdagidek ishlamoqda", – deb yozdi u Telegram-kanalida.
Noskov radioelektron kurash tizimlarining dushman dronlariga qarshi kurashda samaradorligini qayd etdi.
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning markaziy va chegaradosh hududlarini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda, dronlardan zarbalar berib, diversiyalar amalga oshirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0