Lavrovning Antaliyadagi bayonotidan asosiy fikrlar

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov vistupayet na brifinge v ramkax uchastiya v Antaliyskom diplomaticheskom forume.
Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov vistupayet na brifinge v ramkax uchastiya v Antaliyskom diplomaticheskom forume.   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2024
Obuna bo‘lish
Bugun Antaliyada 20 dan ortiq hukumat rahbarlari va 90ga yaqin vazirlar ishtirokida Diplomatik forum bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Antaliya Diplomatik forumida Rossiya NATO munosabatlari, Ukraina va Falastin haqida to‘xtalib o‘tdi.

Lavrov bayonotidan asosian fikrlar:

Makronning so‘zlaridan so‘ng G‘arbning Ukrainaga qo‘shin yuborish istagi rasman qayd etildi, norasmiy ravishda esa, ular u yerda anchadan beri bor.
️Ukrainada nafaqat xorijlik yollanma askarlar, balki Fransiya va Britaniyaning mansabdor zobitlari ham bor.
AQSh Ukrainadan nafaqat Rossiyaga qarshi, balki Yevropa Ittifoqiga qarshi ham foydalanmoqda. Shimoliy oqimlar portlatilganidan so‘ng Yevropada energiya tashuvchilar narxi keskin oshdi, yirik biznes AQShga ko‘cha boshladi, Yevropa iqtisodiyoti zaiflashmoqda.
️Moskva Amerikada yangi prezidenti saylanganidan keyin ham AQSh bilan munosabatlarda o‘zgarishlar bo‘lishini kutmaydi.
️Tiraspolning (Dnestr bo‘yi Moldova respublkasi, tan olinmagan) yordam so‘rashi haqida: savolni Kiyev yo‘lidan ketayotgan Kishinyov rejimiga berish kerak.
️Moskvadagi yig‘ilishda Falastin fraksiyalari ilk bor “Falastin ozodlik tashkiloti platformasini hurmat qilishga” tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Simonyan e’lon qilgan Germaniya ofitserlari suhbatida, Ukrainada fuqaro kiyimidagi AQSh harbiylari borligi, Germaniya birovning qo‘li bilan Qrim ko‘prigiga zarba berishni rejalashtirayotgani kundek ravshan. Bilmayman ular buni o‘z xalqlariga qanday izohlab beradi.
Turkiyaning Antaliya kurortidagi bugun bo‘lib o‘tayotgan Diplomatik forumda 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari, 90 ga yaqin vazirlar, jumladan 60 dan ortiq tashqi ishlar vaziri, 80 ga yaqin xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0