https://oz.sputniknews.uz/20240301/aripov-boshchiligidagi-delegatsiya-xitoyga-bordi--batafsil-42725938.html
Aripov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga bordi — batafsil
Aripov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga bordi — batafsil
Sputnik O‘zbekiston
Aripov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga bordi — batafsil
2024-03-01T11:59+0500
2024-03-01T11:59+0500
2024-03-01T18:19+0500
o‘zbekiston
xitoy
abdulla aripov
tashrif
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/01/42726060_21:145:1254:839_1920x0_80_0_0_f20eeb6d318c8bd6b87b7179fc5e67c5.jpg
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Joriy yilning 29-fevral-1 mart kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoyning Qashg‘ar shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibi xabar berdi. Tashrif doirasida 1-mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy burosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.Joriy yilning yanvar oyida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy darajadagi uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarning yangi davrini boshlab berdi. Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.O‘tgan 2023-yilda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida savdo ko‘rsatgichlari rekord darajaga – qariyb 14 milliard dollarga yetdi. Yaqin kelajakda ushbu ko‘rsatkichni 20 milliard dollarga yetkazish uchun hali ishga solinmagan juda ko‘p imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash, zamonaviy texnologiya, uskunalarni import qilish hamda to‘qimachilik, mis, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlarni eksport qilish, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar hamkorlikdagi loyihalarni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20240125/ozbekiston-xitoy-hujjatlar-42199136.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/01/42726060_65:0:1202:853_1920x0_80_0_0_e9b0b74ecdef72d60852e962936a28bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aripov boshchiligidagi delegatsiya xitoyga bordi — batafsil
aripov boshchiligidagi delegatsiya xitoyga bordi — batafsil
Aripov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga bordi — batafsil
11:59 01.03.2024 (yangilandi: 18:19 01.03.2024) O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Szinpin o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Joriy yilning 29-fevral-1 mart kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoyning Qashg‘ar shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibi
xabar berdi. Tashrif doirasida 1-mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy burosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona hamda ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari yuqori darajada rivojlanib borayotgani, bunda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Szinpin o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.
Joriy yilning yanvar oyida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy darajadagi uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarning yangi davrini boshlab berdi. Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.
O‘tgan 2023-yilda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida savdo ko‘rsatgichlari rekord darajaga – qariyb 14 milliard dollarga yetdi. Yaqin kelajakda ushbu ko‘rsatkichni 20 milliard dollarga yetkazish uchun hali ishga solinmagan juda ko‘p imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash, zamonaviy texnologiya, uskunalarni import qilish hamda to‘qimachilik, mis, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlarni eksport qilish, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar hamkorlikdagi loyihalarni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.