Xorazmda "O‘zbekiston – Turkmaniston" erkin savdo zonasi tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Turkmenistana
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.02.2024
Obuna bo‘lish
Savdo zonasida tovarlarni saqlash, saralash, sotish, transport va boshqa zamonaviy xizmatlar infratuzilmasi tashkil etiladi.
TOShKENT, 29 fev — Sputnik. O‘zbekiston – Turkmaniston erkin savdo zonasi tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, savdo zonasi Xorazm viloyati Shovot tumanida tovarlarni saqlash, saralash, sotish, transport va boshqa zamonaviy xizmatlar infratuzilmasi tashkil etish maqsadida ochiladi. U yerda zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va saralash xizmatlari ko‘rsatiladi.
Shuningdek, savdo zonasida:
“yagona darcha” va interaktiv mexanizmlar asosida bojxona, soliq, sertifikatlash, fitosanitariya, veterinariya, transport xizmatlari, mavjud infratuzilma va imkoniyatlarni o‘rgangan holda, bank va valyuta ayirboshlash, mobil aloqa hamda mijozlar uchun tibbiy, mehmonxona, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi;
faqat O‘zbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosi tashkil qilinadi;
chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berilgan “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimi amal qiladi;
O‘zbekiston hududida bo‘lgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar harakatlanish hujjatlari asosida alohida nazorat o‘tkazish punkti orqali o‘tadi va ularning ortga qaytishiga faqat kirgan nazorat o‘tkazish punkti orqali ruxsat etiladi;
shaxslar, transport vositalari va yuklar erkin harakatlanadi.
Savdo zonasidagi bino va inshootlar tadbirkorlarga elektron onlayn auksion savdolari asosida ijaraga beradi.
O‘zbek-turkman qo‘shma savdo zonasi tez fursatda ishga tushishi kutilmoqda
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2017-yildan 2023-yilgacha besh baravardan ziyodga oshdi.
Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida “yo‘l xaritasi” imzolandi
Yangiliklar lentasi
0