https://oz.sputniknews.uz/20240229/bayden-tashxis-42702435.html
Shifokor Baydenga qanday tashxislar qo‘yilganini ma’lum qildi
Shifokor Baydenga qanday tashxislar qo‘yilganini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Terapevt: Bayden AQSh prezidenti sifatida xizmat qilishda davom etishi mumkin.
2024-02-29T13:23+0500
2024-02-29T13:23+0500
2024-02-29T13:23+0500
aqsh
aqsh prezidenti
jo bayden
kasallik
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/14/41140242_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_fd489daff47289fef7409895095f9957.jpg
TOShKENT, 29 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden uyqu apnoesi, giperlipidemiya, gastroezofageal reflyuks va artrit kabi qator kasalliklardan aziyat chekadi. Bu haqda terapevtning nashr etilgan hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar berdi RIA Novosti.Tibbiy hujjatga ko‘ra, Amerika prezidentiga "obstruktiv uyqu apnoesi" tashxisi qo‘yilgan. U o‘pka ventilyatsiyasining to‘xtashi shaklida namoyon bo‘ladi va xotira buzilishiga, jismoniy quvvatning pasayishiga va intellektning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, Baydenda umurtqa artriti, giperlipidemiya va oshqozon-ichak trakti kasalliklaridan biri bo‘lgan gastroezofageal reflyuks borligi aniqlandi, bu Amerika prezidentida "tomoqni tez-tez tozalashi" ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.Shuningdek, bosh miya asablari va vestibulyar funksiya normal ekanligi, tremor, ko‘karishlar, sianoz va shishlar yo‘qligi qayd etildi.Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z vazifalarini bajarishga qodir.“Prezident o‘zini yaxshi his qilmoqda, bu yilgi tibbiy ko‘rikdan so‘ng yangi tashvishlar aniqlanmadi. U o‘z vazifalarini to‘liq va istisnosiz bajarishda davom etmoqda”, deyiladi AQSh prezidenti shifokori Kevin O'Konnorning xulosasida.
https://oz.sputniknews.uz/20240227/aqsh-kongres-bayden-hokimiyat-chetlatish-rezolyutsiya-42672168.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/14/41140242_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_c01d452bbe4693e807ca765484090dd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
terapevt jo bayden aqsh prezidenti
terapevt jo bayden aqsh prezidenti
Shifokor Baydenga qanday tashxislar qo‘yilganini ma’lum qildi
Terapevt: Bayden AQSh prezidenti sifatida xizmat qilishda davom etishi mumkin.
TOShKENT, 29 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden uyqu apnoesi, giperlipidemiya, gastroezofageal reflyuks va artrit kabi qator kasalliklardan aziyat chekadi. Bu haqda terapevtning nashr etilgan hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar berdi
RIA Novosti. Tibbiy hujjatga ko‘ra, Amerika prezidentiga "obstruktiv uyqu apnoesi" tashxisi qo‘yilgan. U o‘pka ventilyatsiyasining to‘xtashi shaklida namoyon bo‘ladi va xotira buzilishiga, jismoniy quvvatning pasayishiga va intellektning yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, Baydenda umurtqa artriti, giperlipidemiya va oshqozon-ichak trakti kasalliklaridan biri bo‘lgan gastroezofageal reflyuks borligi aniqlandi, bu Amerika prezidentida "tomoqni tez-tez tozalashi" ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
"Bemorda bir nechta lentigo va aktinik o‘zgarishlar (terida dog‘lar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi - tahr.) mavjud", – deyiladi xulosada.
Shuningdek, bosh miya asablari va vestibulyar funksiya normal ekanligi, tremor, ko‘karishlar, sianoz va shishlar yo‘qligi qayd etildi.
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z vazifalarini bajarishga qodir.
“Prezident o‘zini yaxshi his qilmoqda, bu yilgi tibbiy ko‘rikdan so‘ng yangi tashvishlar aniqlanmadi. U o‘z vazifalarini to‘liq va istisnosiz bajarishda davom etmoqda”, deyiladi AQSh prezidenti shifokori Kevin O'Konnorning xulosasida.