Butunjahon yoshlar festivali: Sochiga O‘zbekistondan birinchi jamoa yetib bordi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPodgotovka ko Vsemirnomu festivalyu molodeji v Sochi
Podgotovka ko Vsemirnomu festivalyu molodeji v Sochi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2024
Obuna bo‘lish
Jamoa tarkibiga o‘rta maktab o‘quvchilari, talabalar, “G‘alaba ko‘ngillilari” Butunrossiya jamoat harakati faollari, tadbirkorlar, maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari kiradi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonning birinchi jamoasi Sochiga yetib bordi. Bu haqda “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.
“Birinchi ellik kishi, bular maktab o‘quvchilari, talabalar, “G‘alaba ko‘ngillilari”, tadbirkorlar, maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari... Butunjahon yoshlar festivali 2024 ko‘rgazmasida O‘zbekistonni jami ikki yuzdan ortiq delegatlar taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.
Toshkentdagi Rus uyi matbuot xizmati jamoalarni yangi uchrashuvlar, yangi tanishlar, yangi his-tuyg‘ular va yangi taassurotlar kutib turganini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, Butunjahon yoshlar festivali Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan 1—7-mart kunlari “Sirius” federal hududida o‘tkaziladi va fan, ijod, sport va siyosatda muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlarning eng yaxshi vakillarini birlashtiradi.
Rossiya Federatsiyasi rahbari “festival adolatli, ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishiga” ishonch bildirdi. Tashkilotchilar birlashtiruvchi formatini qayd etgan tadbirda 20 ming kishi ishtirok etadi, ularning yarmi xorijliklardir.
Ular turli sohadagi yetakchi mutaxassislarning ma’ruzalarini tinglashlari, siyosatchilar va vazirlarga savollar berishlari, taniqli musiqachilarning konsertlariga borishlari, sun’iy intellekt yordamida shou-debatlarda qatnashishlari mumkin bo‘ladi.
Bu yil Rossiya to‘rtinchi bor yoshlar forumiga mezbonlik qiladi, bungacha festival 1957, 1985 va 2017-yillarda Moskvada bo‘lib o‘tgan. Birinchi Jahon yoshlar va talabalar festivali 1947-yilda Pragada bo‘lib o‘tdi va deyarli olti hafta davom etdi.
Yangiliklar lentasi
0