https://oz.sputniknews.uz/20240227/ozbekiston-korxona-xalqaro-sifat-tizim-42671103.html
Bu yil O‘zbekiston 1,2 mingta korxonada xalqaro sifat tizimlarini joriy etmoqchi
Bu yil O‘zbekiston 1,2 mingta korxonada xalqaro sifat tizimlarini joriy etmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi yillarda respublikada 400 turdagi mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
2024-02-27T09:38+0500
2024-02-27T09:38+0500
2024-02-27T11:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Shu yilda 1,2 mingta korxonalarda xalqaro sifat tizimlari joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan texnik jihatdan tartibga solish tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar taqdimotida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda 12 mingta standart qabul qilindi, 400 turdagi mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Natijada 40 ta yangi eksport bozoriga chiqildi.Oxirgi yetti yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,5 barobarga oshib, 63 milliard dollarga yetdi. Bu yil ham eksportni 1,5 barobarga ko‘paytirib, 25 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, istiqbolda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish maqsad qilingan.Standartlashtirish sohasidagi 6 ta axborot tizimi va 2 ta portalni o‘zaro integratsiya qilish, vazirlik va idoralarning standart sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, sohaviy texnik qo‘mitalar faoliyatini jonlantirish aytildi.Ta’kidlanishicha, texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.Shuningdek, texnik reglamentlar bilan qamrab olingan mahsulotlar turini ko‘paytirish, amaldagi 19 ta texnik reglamentni qayta ko‘rib chiqish va yangilash, etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini joriy qilish ishlarini kengaytirish zarurligi qayd etildi.Jahon savdo tashkiloti bilan samarali hamkorlik qilish maqsadida agentlik tuzilmasida Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazini ishga tushirish taklif qilindi. Shuningdek, xorijiy konsultantlarni jalb qilish va tarmoqlarda standartga mas’ul kadrlarni o‘qitish kerakligi aytildi.Sohani raqamlashtirish maqsadida “Texnik tartibga solish” yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi. Joylarda korxona vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning standart sohasidagi muammo va takliflari o‘rganiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mahsulotlar sinovdan o‘tkazish korxona xalqaro sifat tizimlari
mahsulotlar sinovdan o‘tkazish korxona xalqaro sifat tizimlari
Bu yil O‘zbekiston 1,2 mingta korxonada xalqaro sifat tizimlarini joriy etmoqchi
09:38 27.02.2024 (yangilandi: 11:29 27.02.2024) So‘nggi yillarda respublikada 400 turdagi mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Shu yilda 1,2 mingta korxonalarda xalqaro sifat tizimlari joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan texnik jihatdan tartibga solish tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar taqdimotida
ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda 12 mingta standart qabul qilindi, 400 turdagi mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Natijada 40 ta yangi eksport bozoriga chiqildi.
Oxirgi yetti yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,5 barobarga oshib, 63 milliard dollarga yetdi. Bu yil ham eksportni 1,5 barobarga ko‘paytirib, 25 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, istiqbolda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish maqsad qilingan.
“Milliy sertifikatlar chet elda tan olinishi uchun tizimli ishlash, Milliy etalonlar bazasini to‘ldirish orqali xorijda mamlakatimiz laboratoriyalarining sinov natijalariga ishonchni oshirish, hozirgi kunda eng zarur bo‘lgan texnik reglamentlarning mavjudlarini xalqaro talablarga moslashtirish va yangilarini ishlab chiqish zarur”, — deyiladi xabarda.
Standartlashtirish sohasidagi 6 ta axborot tizimi va 2 ta portalni o‘zaro integratsiya qilish, vazirlik va idoralarning standart sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, sohaviy texnik qo‘mitalar faoliyatini jonlantirish aytildi.
Ta’kidlanishicha, texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.
“Joriy yilda rivojlangan davlatlar bilan sinov natijalarini ikki tomonlama tan olish bo‘yicha kelishuvlarga erishish ishlarini davom ettirib, 1,2 mingta korxonalarda xalqaro sifat tizimlarini joriy etish muhimligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, texnik reglamentlar bilan qamrab olingan mahsulotlar turini ko‘paytirish, amaldagi 19 ta texnik reglamentni qayta ko‘rib chiqish va yangilash, etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini joriy qilish ishlarini kengaytirish zarurligi qayd etildi.
Jahon savdo tashkiloti bilan samarali hamkorlik qilish maqsadida agentlik tuzilmasida Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazini ishga tushirish taklif qilindi. Shuningdek, xorijiy konsultantlarni jalb qilish va tarmoqlarda standartga mas’ul kadrlarni o‘qitish kerakligi aytildi.
Sohani raqamlashtirish maqsadida “Texnik tartibga solish” yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi. Joylarda korxona vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning standart sohasidagi muammo va takliflari o‘rganiladi.