https://oz.sputniknews.uz/20240227/garbparast-nohukumat-tashkilotlar-markaziy-osiyo-rossiya-42681205.html
G‘arbparast nohukumat tashkilotlar Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi ishni kuchaytirdi — Shoygu
G‘arbparast nohukumat tashkilotlar Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi ishni kuchaytirdi — Shoygu
Sputnik O‘zbekiston
Shoygu: G‘arbparast nohukumat tashkilotlar Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi ishni kuchaytirishdi.
2024-02-27T16:42+0500
2024-02-27T16:42+0500
2024-02-27T17:59+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
rossiya mudofaa vaziri
ukraina
sergey shoygu
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/13/41645699_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_08bebf666657a76031f3ad2d79ac136e.jpg
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. G‘arbparast nohukumat tashkilotlari maxsus operatsiya fonida mintaqa davlatlarining Rossiya bilan harbiy-texnikaviy, iqtisodiy va madaniy hamkorligini zaiflashtirish maqsadida Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi faoliyatini kuchaytirdi, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi faol choralar ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.Shu bilan birga, Markaziy Osiyo respublikalarida dori vositalari ishlab chiqarishning qariyb 20 foizga oshishi kutilmoqda, deya qo‘shimcha qildi u. Bundan tashqari, Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, “mintaqada 16 mingdan ortiq vakolatxonalar va filiallarga ega bo‘lgan yuzdan ortiq yirik g‘arbparast nohukumat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda”.Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda Markaziy harbiy okrugda asosiy sa’y-harakatlar mintaqa mamlakatlaridagi inqirozli vaziyatlarni bartaraf etishga va Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarida o‘tkaziladigan yettita o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishga qaratilgan.Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo strategik yo‘nalishida harbiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha Markaziy harbiy okrugning jangovar qudrati joriy yil oxiriga qadar oshiriladi.Unga ko‘ra, “18 ta harbiy qism qayta tashkil etiladi”. Qo‘shinlarga 360 dan ortiq yangi va modernizatsiya qilingan texnikalar beriladi. Natijada zamonaviy namunalar ulushi 52,8 foizni tashkil etadi.Uning qayd etishicha, Vashington Yevropa mamlakatlarida o‘zining yadro salohiyatini oshirmoqda va yadro zaradlarini yetkazib berishning istiqbolli vositalarini qo‘llamoqda.Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar ma’lum bir hududdagi odamlarga yuqishi va pandemiya keltirib chiqaradigan patogenlarning xususiyatlarini o‘rganish uchun biologik laboratoriyalar tarmog‘ini ham shakllantirgan. Bunday 330 ta obyektdan 40 ga yaqini Ukrainada joylashgan.Shoygu, shuningdek, 2023-yil iyulida Kaxovka GES to‘g‘onining vayron bo‘lishi natijasida biologik ifloslanish xavfi bartaraf etilganini aytdi. 340 ming kvadrat metr maydonni egallagan bir yarim mingdan ortiq obyekt dezinfeksiya qilindi, bu moddiy va moliyaviy zararni minimallashtirish imkonini berdi.Rossiya qo‘shinlari Ukraina qurolli kuchlari zaxiralarini yo‘q qilish uchun yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanmoqda, ular yordamida dushman frontni barqarorlashtirishga harakat qilmoqda.* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/13/41645699_154:0:2885:2048_1920x0_80_0_0_3346ca357b32a0e2608f8ba8d04031d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shoygu g‘arbparast nohukumat tashkilotlar markaziy osiyo rossiyaga qarshi
shoygu g‘arbparast nohukumat tashkilotlar markaziy osiyo rossiyaga qarshi
G‘arbparast nohukumat tashkilotlar Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi ishni kuchaytirdi — Shoygu
16:42 27.02.2024 (yangilandi: 17:59 27.02.2024) Shoygu: G‘arbparast nohukumat tashkilotlar Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi ishni kuchaytirishdi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. G‘arbparast nohukumat tashkilotlari maxsus operatsiya fonida mintaqa davlatlarining Rossiya bilan harbiy-texnikaviy, iqtisodiy va madaniy hamkorligini zaiflashtirish maqsadida Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi faoliyatini kuchaytirdi, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi faol choralar ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
"Mintaqadagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Eng katta xavf hamon Afg‘oniston hududidan kelmoqda. O‘tgan yil davomida “Islom davlati”* (Rossiyada taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkiloti – tahr.) jangarilari soni 15 foizga oshdi. Ularning asosiy maqsadi KXShTning janubiy chegaralarida radikal mafkura va qo‘poruvchilik faoliyatini yoyishdir”, — dedi Shoygu Mudofaa vazirligi hay’ati yig‘ilishida.
Shu bilan birga, Markaziy Osiyo respublikalarida dori vositalari ishlab chiqarishning qariyb 20 foizga oshishi kutilmoqda, deya qo‘shimcha qildi u. Bundan tashqari, Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, “mintaqada 16 mingdan ortiq vakolatxonalar va filiallarga ega bo‘lgan yuzdan ortiq yirik g‘arbparast nohukumat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda”.
“Maxsus harbiy operatsiya fonida bu nodavlat notijorat tashkilotlari Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy-texnik, iqtisodiy va madaniy hamkorligini kamaytirish maqsadida Rossiyaga qarshi faoliyatini sezilarli darajada oshirdi. Biz faol choralar ko‘rapmiz”, — deya qo‘shimcha qildi Shoygu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda Markaziy harbiy okrugda asosiy sa’y-harakatlar mintaqa mamlakatlaridagi inqirozli vaziyatlarni bartaraf etishga va Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarida o‘tkaziladigan yettita o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishga qaratilgan.
“Qo‘shinlarni tayyorlash natijasi KXShTning “O‘zaro hamkorlik-2024” Tezkor harakat kollektiv kuchlarining mashg‘ulotlari bo‘lib, unda beshta davlatning harbiy kontingenti ishtirok etadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo strategik yo‘nalishida harbiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha Markaziy harbiy okrugning jangovar qudrati joriy yil oxiriga qadar oshiriladi.
“Okrugning qo‘shinlari va bo‘linmalari eng so‘nggi qurollar, jumladan, “Iskander-M” raketa komplekslari va “Tornado-G” ko‘p uchiruvchi raketa tizimlari bilan jihozlangan”, — dedi Shoygu.
Unga ko‘ra, “18 ta harbiy qism qayta tashkil etiladi”. Qo‘shinlarga 360 dan ortiq yangi va modernizatsiya qilingan texnikalar beriladi. Natijada zamonaviy namunalar ulushi 52,8 foizni tashkil etadi.
“Yil oxirigacha rejalashtirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi qo‘shinlarning jangovar qudratini oshiradi va Markaziy Osiyo strategik yo‘nalishida harbiy xavfsizlikni ta’minlaydi”, — dedi Shoygu.
Uning qayd etishicha, Vashington Yevropa mamlakatlarida o‘zining yadro salohiyatini oshirmoqda va yadro zaradlarini yetkazib berishning istiqbolli vositalarini qo‘llamoqda.
“Bugungi kunda radiatsiyaviy, kimoviy va biologik xarakterdagi tahdidlarni Yevropa davlatlari hududida yadro salohiyatini oshirayotgan va yadroviy zaradlarni yetkazishning istiqbolli vositalarini qo‘llayotgan Vashingtonning harakatlari keltirib chiqarmoqda”, — dedi vazir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar ma’lum bir hududdagi odamlarga yuqishi va pandemiya keltirib chiqaradigan patogenlarning xususiyatlarini o‘rganish uchun biologik laboratoriyalar tarmog‘ini ham shakllantirgan. Bunday 330 ta obyektdan 40 ga yaqini Ukrainada joylashgan.
“Shu nuqtayi nazardan, zamonaviy sharoitda Radiatsiya, kimoviy va biologik mudofaa qo‘shinlarining roli yil sayin ortib bormoqda. Maxsus operatsiya davomida mudofaa qo‘shinlari maxsus muammolarni hal qilishadi. Xususan, ular Zaporojye atom elektr stansiyasidagi radiatsiyaviy vaziyatni kuzatmoqda”, — dedi vazir.
Shoygu, shuningdek, 2023-yil iyulida Kaxovka GES to‘g‘onining vayron bo‘lishi natijasida biologik ifloslanish xavfi bartaraf etilganini aytdi. 340 ming kvadrat metr maydonni egallagan bir yarim mingdan ortiq obyekt dezinfeksiya qilindi, bu moddiy va moliyaviy zararni minimallashtirish imkonini berdi.
Rossiya qo‘shinlari Ukraina qurolli kuchlari zaxiralarini yo‘q qilish uchun yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanmoqda, ular yordamida dushman frontni barqarorlashtirishga harakat qilmoqda.
“Qarshi hujum barbod bo‘lgach, Ukraina Qurolli kuchlari harbiy qo‘mondonligi qolgan zaxiralardan vaziyatni barqarorlashtirish va frontning qulashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun foydalanishga harakat qilmoqda. Birlashgan qo‘shinlar guruhi dushman zaxiralarini yo‘q qilish uchun yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanadi, unga o‘z kuchlarini jangovar aloqa chizig‘iga o‘tkazishga imkon bermaydi va uni bizning pozitsiyalarimizga qarshi hujum qilish imkoniyatidan mahrum qiladi”, — dedi Shoygu.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.