https://oz.sputniknews.uz/20240227/fiskal-tartib-qoidala-huquqbuzarlik-moliyaviy-jarima-42682522.html
Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi
Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
2024-02-27T17:49+0500
2024-02-27T17:49+0500
2024-02-27T18:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yangi farmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/04/21226075_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_88573769746158ecc5db178eca03f0c6.jpg
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda nazarda tutilgan.“Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to‘g‘risida”gi farmonga ko‘ra, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarima quyidagicha miqdorida o‘rnatildi:Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan moliyaviy jarimalar bo‘yicha mavjud qarzdorlikning 98 foizi hisobdan chiqariladi va hisobdan chiqarilgan qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.Soliq kodeksiga mazkur farmondan kelib chiqib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar va ma’muriy jazo choralari qo‘llanilmaydi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/04/21226075_0:93:1654:1333_1920x0_80_0_0_c56a01a37d12febffa30d82d1f03dd6c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi farmon fiksal tartib-qoidalar
soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi farmon fiksal tartib-qoidalar
Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi
17:49 27.02.2024 (yangilandi: 18:29 27.02.2024) Prezident soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda
nazarda tutilgan. “Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to‘g‘risida”gi farmonga ko‘ra, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarima quyidagicha miqdorida o‘rnatildi:
huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi;
huquqbuzarlik moliyaviy jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi.
Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan moliyaviy jarimalar bo‘yicha mavjud qarzdorlikning 98 foizi hisobdan chiqariladi va hisobdan chiqarilgan qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Soliq kodeksiga mazkur farmondan kelib chiqib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar va ma’muriy jazo choralari qo‘llanilmaydi.