https://oz.sputniknews.uz/20240226/rossiya-harbiylar-soledar-ukraina-eshelon-mudofaa-42663897.html
Rossiya harbiylari Soledar yaqinida Ukraina kuchlarining eshelon mudofaasini yo‘q qilmoqda
Rossiya harbiylari Soledar yaqinida Ukraina kuchlarining eshelon mudofaasini yo‘q qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Mudofaaning turli yo‘nalishlarida jangovar vazifalarni samarali bajarish uchun turli xil qurollardan foydalanilmoqda.
2024-02-26T16:07+0500
2024-02-26T16:07+0500
2024-02-26T17:21+0500
rossiya
ukraina
dunyo yangiliklari
dunyoda
harbiylar
harbiy texnika
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/10/42525809_0:0:3121:1756_1920x0_80_0_0_6264b89d94c2c57217f1f9cd4f8edcac.jpg
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Janubiy kuchlar guruhi tarkibiga kiruvchi Shimoliy flotning 200-alohida gvardiya motoo‘qotar brigadasining motorli miltiqchilari Donbassdagi frontning Artyomovsk uchastkasidagi Soledar yaqinida dushmanning eshelon mudofaasini yo‘q qilish strategiyasi bo‘yicha harkatlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Artyomovsk yo‘nalishidagi Soledar hududida, jangovar aloqa chizig‘i yaqinida Rossiya harbiy xizmatchilari turli xil mudofaa liniyalarida joylashgan dushmanga qarshi harakat qilishmoqda: 30 kilometrgacha bo‘lgan masofada "Uragan" va "Grad", 10 kilometrgacha bo‘lgan masofada tanklar va artilleriya, ikki kilometrgacha bo‘lgan masofada – granatomot bilan piyodalar.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tadbirlarning barchasi doimiy ravishda o‘zgarib turadigan vaziyatni inobatga olgan holda kechayu kunduz amalga oshirilmoqda. "Biz estafeta tayoqchasini uzatmoqdamiz, mos ravishda bizning hamkasblarimiz – artilleriyachilar ham ikkinchi va uchinchi eshelonda joylashgan dushmanga zarba bermoqda... Shu holda, biz va artilleriya bo‘linmalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa har kuni amalga oshirilmoqda", – qo‘shimcha qildi jangchi.O‘z navbatida, "Uragan" chaqiruv belgili artilleriya batareyasi komandiri uning bo‘linmasi dushmanga, xususan, "Nona-K" avtomatidan o‘q uzayotganini aytdi.Uning hamkasbi, "Skorpion" chaqiruv belgili tank vzvodining komandiri, tankchilar turli masofalarda dushmanga qarshi harakat qilishini tushuntirdi."Biz tankchilarmiz, biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘q bilan ham, yopiq o‘q otish joylaridan ham ishlaymiz, dushmanlarni yo‘q qilamiz. Har biri o‘z vazifasini bajaradi, piyoda askarlar mos ravishda dushmanni ikki kilometrgacha yo‘q qiladi, biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochish joyiga ikki kilometr (dushmanga nisbatan – tahr.) yaqinlashamiz, biz hujum nuqtasidan yetti kilometrdan to‘qqiz kilometrgacha ishlay olamiz”, — deya aniqlik kiritdi "Skorpion"."Terek" chaqiruv belgili ofitserning so‘zlariga ko‘ra, bo‘linmasining mas’uliyati Ukraina Qurolli Kuchlari mudofaasining uzoq eshelonlarida, shaxsiy tarkib kutayotgan va to‘plangan joylarda dushmanni yo‘q qilishdir.Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya qo‘shinlari butun front bo‘ylab 2 ming kilometr uzunlikdagi uzluksiz mudofaa chizig‘ini yaratgani, buning natijasida yozda Ukrainaning qarshi hujumini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Mazkur strategiya Vladimir Putinga tegishli.
https://oz.sputniknews.uz/20240226/zelenskiy-hokimiyat-yoqotishlar-42663456.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/10/42525809_196:0:2927:2048_1920x0_80_0_0_6da5b93213ab322a8ee70135963bfa1d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
janubiy kuchlar guruhi shimoliy flotning 200-alohida gvardiya motoo‘qotar brigadasi donbass artyomovsk soledar
janubiy kuchlar guruhi shimoliy flotning 200-alohida gvardiya motoo‘qotar brigadasi donbass artyomovsk soledar
Rossiya harbiylari Soledar yaqinida Ukraina kuchlarining eshelon mudofaasini yo‘q qilmoqda
16:07 26.02.2024 (yangilandi: 17:21 26.02.2024) Mudofaaning turli yo‘nalishlarida jangovar vazifalarni samarali bajarish uchun turli xil qurollardan foydalanilmoqda.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Janubiy kuchlar guruhi tarkibiga kiruvchi Shimoliy flotning 200-alohida gvardiya motoo‘qotar brigadasining motorli miltiqchilari Donbassdagi frontning Artyomovsk uchastkasidagi Soledar yaqinida dushmanning eshelon mudofaasini yo‘q qilish strategiyasi bo‘yicha harkatlanmoqda. Bu haqda
RIA Novosti xabar berdi.
Artyomovsk yo‘nalishidagi Soledar hududida, jangovar aloqa chizig‘i yaqinida Rossiya harbiy xizmatchilari turli xil mudofaa liniyalarida joylashgan dushmanga qarshi harakat qilishmoqda: 30 kilometrgacha bo‘lgan masofada "Uragan" va "Grad", 10 kilometrgacha bo‘lgan masofada tanklar va artilleriya, ikki kilometrgacha bo‘lgan masofada – granatomot bilan piyodalar.
“Dushman chuqur eshelonli mudofaa o‘tkazayotganini inobatga olib, biz shunga mos ravishda birinchi eshelonda jang qilyapmiz, bu holatda ertalab dumshanning mag‘lubiyatga uchrayotganini kuzatdik. Pozitsiyalarida AGSdan (avtomatik granata otish moslamasi – tahr.) foydalanildi, yirik kalibrli pulemot ham ishga solindi, dushman yashirinishga uringanida, biz “Metis” tankka qarshi raketa tizimidan foydalandik ", – dedi "Arguna" chaqiruv belgili rota komandiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tadbirlarning barchasi doimiy ravishda o‘zgarib turadigan vaziyatni inobatga olgan holda kechayu kunduz amalga oshirilmoqda. "Biz estafeta tayoqchasini uzatmoqdamiz, mos ravishda bizning hamkasblarimiz – artilleriyachilar ham ikkinchi va uchinchi eshelonda joylashgan dushmanga zarba bermoqda... Shu holda, biz va artilleriya bo‘linmalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa har kuni amalga oshirilmoqda", – qo‘shimcha qildi jangchi.
O‘z navbatida, "Uragan" chaqiruv belgili artilleriya batareyasi komandiri uning bo‘linmasi dushmanga, xususan, "Nona-K" avtomatidan o‘q uzayotganini aytdi.
"Birinchi navbatda, biz o‘z batalonimiz, piyoda askarlarimiz – "dalalar malikasi"ni qo‘llab-quvvatlaymiz va shunga ko‘ra zarur bo‘lgan barcha vazifalarni bajarmoqdamiz", – deb qo‘shimcha qildi u.
Uning hamkasbi, "Skorpion" chaqiruv belgili tank vzvodining komandiri, tankchilar turli masofalarda dushmanga qarshi harakat qilishini tushuntirdi.
"Biz tankchilarmiz, biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘q bilan ham, yopiq o‘q otish joylaridan ham ishlaymiz, dushmanlarni yo‘q qilamiz. Har biri o‘z vazifasini bajaradi, piyoda askarlar mos ravishda dushmanni ikki kilometrgacha yo‘q qiladi, biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochish joyiga ikki kilometr (dushmanga nisbatan – tahr.) yaqinlashamiz, biz hujum nuqtasidan yetti kilometrdan to‘qqiz kilometrgacha ishlay olamiz”, — deya aniqlik kiritdi "Skorpion".
"Terek" chaqiruv belgili ofitserning so‘zlariga ko‘ra, bo‘linmasining mas’uliyati Ukraina Qurolli Kuchlari mudofaasining uzoq eshelonlarida, shaxsiy tarkib kutayotgan va to‘plangan joylarda dushmanni yo‘q qilishdir.
"Qoidaga ko‘ra, biz dushmanning ikkinchi, uchinchi eshelonini to‘sib qo‘yamiz, bu yerda odatda shaxsiy tarkibning aylanishi, o‘q-dorilar bilan ta’minlanishi, kutish hududi, konsentratsiya hududi, ya’ni deyarli barcha orqa hududlar ... batalonga yetishmayotgan narsalarni biz to‘ldirib turamiz", — deya xulosa qildi “Terek”.
Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya qo‘shinlari butun front bo‘ylab 2 ming kilometr uzunlikdagi uzluksiz mudofaa chizig‘ini yaratgani, buning natijasida yozda Ukrainaning qarshi hujumini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Mazkur strategiya Vladimir Putinga tegishli.