Endi O‘zbekistonda yetishtirilgan piyoz Dubay rastalarida sotiladi

© Sputnik / Vladimir TrefilovProdaja krasnogo luka. Illyustrativnoe foto
Prodaja krasnogo luka. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2024
Obuna bo‘lish
BAAga O‘zbekistonda yetishtirilgan piyozning ilk partiyasi yetib bordi.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Endi O‘zbekistonda yetishtirilgan piyoz Dubay rastalarida sotiladi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.
Dubayga O‘zbekistonda yetishtirilgan piyozning ilk partiyasi yetib bordi. Sabzavot Toshkent va Buxoro viloyatlarida yetishtirilgan bo‘lib, fitsoanitariya sertifikati asosida yuklangan mahsulotning ilk partiyasi. Mahsulot 48 tonnaga teng.
Yana 2 fura (48 tonna) piyoz fitsoanitariya sertifikati asosida yuklanib, ayni vaqtda yuk mashinalar orqali yetkazilmoqda.

"Buni ulkan megapolisda o‘tkazilgan "Gulfood 2024" ko‘rgazmasining amaliy natijasi deyish mumkin. Butun dunyodan ishtirok etadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari, ishlab chiqaruvchilar uchun xalqaro maydonda yangi hamkorlar, yangi aloqalar o‘rnatish uchun samarali platforma bo‘ldi", — deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, "Gulfood 2024" doirasida 10 dan ortiq shartnomalar imzolanib, mehmonxona biznesi uchun meva-sabzavotlar, dukkakli mahsulotlarni Dubayga yetkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
“Texnologiyalarni aql bilan qo‘llash”:  fermer rekord darajada piyoz yetishtirish sirlarini aytdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Rekord darajada piyoz yetishtirgan fermer muvaffaqiyat sirini aytdi — video
Yangiliklar lentasi
0