https://oz.sputniknews.uz/20240226/baa-konkur-turnir-bekzod-qurbonov-42657122.html
Konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi BAAdagi turnirda ikkita medalga ega chiqdi
Konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi BAAdagi turnirda ikkita medalga ega chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Bekzod Qurbonov ham kumush, ham bronza medalini qo‘lga kiritdi.
2024-02-26T09:42+0500
2024-02-26T09:42+0500
2024-02-26T13:45+0500
sport
baa
ot sporti
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0a/38748339_171:30:1118:563_1920x0_80_0_0_71eccd26cf5dc00a83168d471840ebb6.jpg
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Qurbonov BAAdagi turnirda ikki bor shohsupaga ko‘tarildi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi. Bekzod Qurbonov CS13* tasnifidagi turnirning 135 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida “Santos Hippica” laqabli tulporda kumush medalini qo‘lga kiritdi.Shuningdek, Gran-pri darajasida e’tirof etiladigan 145 smli yo‘nalishda “Matts VG” tulpori bilan bronza medaliga ega chiqdi.Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida Bekzod Qurbonov BAAning Sharja shahrida o‘tgan CSI2* tasnifidagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. U turnirda “Santos Hippica” laqabli tulpori bilan 135 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida eng yaxshi natijani qayd etgan.Konkur ot sportining bir turi bo‘lib, ishtirokchilar oldindan belgilangan marshrut bo‘ylab jiddiy to‘siqlarni yengib o‘tib, o‘zlarining chaqqonlik va tezligini namoyish etishadi. Agar ishtirokchi marshrutda ko‘rsatilgan ketma-ketlikka rioya qilmasdan to‘siqlardan o‘tib ketsa, u "marshrut sxemasini buzgan” hisoblanadi. Xatolarni tuzatish uchun u buzilish sodir bo‘lgan joydan yana to‘siqlardan o‘tishi kerak. Ushbu talabni bajarmaslik sportchining diskvalifikatsiyasiga olib keladi.
baa
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0a/38748339_301:43:963:539_1920x0_80_0_0_9bba59c7ca1168dcb7dcb1c42605b118.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bekzod qurbonov cs13* santos hippica tulpor
bekzod qurbonov cs13* santos hippica tulpor
Konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi BAAdagi turnirda ikkita medalga ega chiqdi
09:42 26.02.2024 (yangilandi: 13:45 26.02.2024) Bekzod Qurbonov kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Qurbonov BAAdagi turnirda ikki bor shohsupaga ko‘tarildi, deya xabar berdi
Milliy olimpiya qo‘mitasi. Bekzod Qurbonov CS13* tasnifidagi turnirning 135 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida “Santos Hippica” laqabli tulporda kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Gran-pri darajasida e’tirof etiladigan 145 smli yo‘nalishda “Matts VG” tulpori bilan bronza medaliga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida Bekzod Qurbonov BAAning Sharja shahrida o‘tgan CSI2* tasnifidagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. U turnirda “Santos Hippica” laqabli tulpori bilan 135 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida eng yaxshi natijani qayd etgan.
Konkur ot sportining bir turi bo‘lib, ishtirokchilar oldindan belgilangan marshrut bo‘ylab jiddiy to‘siqlarni yengib o‘tib, o‘zlarining chaqqonlik va tezligini namoyish etishadi. Agar ishtirokchi marshrutda ko‘rsatilgan ketma-ketlikka rioya qilmasdan to‘siqlardan o‘tib ketsa, u "marshrut sxemasini buzgan” hisoblanadi. Xatolarni tuzatish uchun u buzilish sodir bo‘lgan joydan yana to‘siqlardan o‘tishi kerak. Ushbu talabni bajarmaslik sportchining diskvalifikatsiyasiga olib keladi.