Yanvarda O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatga yong‘oq eksport qilgan?

Obuna bo‘lish
Yanvarda xorijga 1,2 mln dollarlik yong‘oq eksport qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar oyida xorijga qiymati 1,2 mln dollarga teng bo‘lgan 439 tonna yong‘oq eksport qilgan.
O‘zbekiston eng ko‘p yong‘oq mahsulotini eksport qilgan davlatlar:
Turkiya – 128 tonna;
Rossiya – 86 tonna;
Gruziya – 77 tonna;
Iroq – 68 tonna;
BAA – 29 tonna;
Ozarbayjon – 21 tonna;
Turkmaniston – 14 tonna;
Boshqa davlatlar – 16 tonna.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2022-yilda xorijga qiymati 11,4 mln dollarga teng bo‘lgan qariyb 3 ming tonna yong‘oq eksport qilgan. Eng ko‘p yong‘oq mahsuloti Rossiyaga (509 tonna) eksport qilingan.
Yangiliklar lentasi
0