TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Poytaxtga to‘rt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK xabar berdi.Qayd etilishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilan yo‘riqnomaga asosan, 8-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.Qayd etilishicha, 2024-yil may oyi so‘ngiga qadar bosqichma bosqich ravishda yana 8 ta metro poyezdi olib kelish rejalashtirilgan. Toshkent metrosida nimalar taqiqlanadi — videoToshkent metrosida xizmatlar sifati oshiriladi — tafsilotlar
Shu yilning may oyi so‘ngiga qadar yana 8 ta metro poyezdi olib kelish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Poytaxtga to‘rt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilan yo‘riqnomaga asosan, 8-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.
"Yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, "Yunusobod" va "Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishlari"da harakatga chiqariladi", —deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2024-yil may oyi so‘ngiga qadar bosqichma bosqich ravishda yana 8 ta metro poyezdi olib kelish rejalashtirilgan.
"Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan", —deya qo‘shimcha qilingan xabarda.