O‘zbekiston va Belarus Markaziy saylov komissiyalar hamkorlik qilishga kelishib oldi
© SIK UzbekistanaPodpisan protokol o sotrudnichestve mejdu izbiratelnimi organami
© SIK Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyalari hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus Markaziy saylov komissiyalari o‘rtasida Hamkorlik protokoli imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston MSK xabar berdi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) va Belarus Markaziy saylov komissiyasi (MSK) o‘rtasida Hamkorlik protokoli imzolandi. Qayd etilishicha, hujjat komissiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Hamkorlik doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
saylov va referendum tashkilotchilarining professional darajasi, saylovchilar va referendum ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirish;
saylov va referendum subyektlarining tashviqot olib borish bo‘yicha huquqlarini ta’minlash;
saylov va referendumni moliyalashtirish ishlarini tashkil etish;
zamonaviy saylov hamda boshqa axborot texnologiyalari va uskunalarini yaratish va foydalanish;
ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijalari bilan o‘rtoqlashish;
saylov va referendumlar bo‘yicha mutaxassislar almashish;
saylov va referendumlarni kuzatish hamda seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, yig‘ilishlar, davra suhbatlari va ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan masalalarda boshqa tadbirlarni tashkil etish.
“Hamkorlik protokolining imzolanishi O‘zbekiston va Belarus saylov organlarining kelgusida yanada mustahkam aloqalarni qurishga imkon beradi. Bir-birimizga zarur tashkiliy, texnologik, uslubiy va boshqa ko‘mak ko‘rsatish orqali yaqindan hamkorlik qilishga umid qilaman” – dedi Nizamxodjayev.
Ma’lumot uchun, Markaziy saylov komissiyasi Koreya, Latviya, Litva, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Malayziya va tarkibida 110 ta davlatlarning 119 ta saylov organlarini birlashtirgan Butunjahon Saylov Organlari Assotsiatsiyasi va Osiyoning 20 ta davlatlarini o‘z ichiga olgan Osiyo Saylov Organlari Assotsiatsiyasi bilan birgalikda hamkorlik memorandumlari va kelishuvlar imzolagan. Shuningdek, MSK Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari saylov organlari rahbarlarining Maslahatlashuv kengashining tashkil etilishining tashabbuskori bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Belarusda parlament saylovlarida ovoz berish boshlandi. Belarus MSK ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berish jarayonini 300ga yaqin xalqaro kuzatuvchilar kuzatib bormoqda. Ulardan 238 nafari MDH kuzatuvchilar missiyasi, shu jumladan 44 nafari MDH Parlamentlararo Assambleyasi, 12 nafari KXShT PA, 25 nafari Belorus va Rossiya Ittifoqining Parlament Assambleyasi, 4 nafari esa Ittifoq davlatining doimiy qo‘mitasi vakillaridir.
Bundan tashqari, Ozarbayjon, Armaniston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston markaziy saylov organlaridan 11 nafar, ShHTdan 22 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tgan.