https://oz.sputniknews.uz/20240224/xavf-ortmoqda-pushkov-natoning-rossiya-haqidagi-bayonotiga-munosabat-bildirdi-42646172.html
“Xavf ortmoqda”: Pushkov NATOning Rossiya haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
“Xavf ortmoqda”: Pushkov NATOning Rossiya haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
“Xavf ortmoqda”: Pushkov NATOning Rossiya haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
2024-02-24T15:10+0500
2024-02-24T15:10+0500
2024-02-24T15:10+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
rossiya
ukraina
yens stoltenberg
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/03/36498377_0:29:3072:1757_1920x0_80_0_0_b7009d62ca98a6b05f7975b43f62c5f1.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning F-16 qiruvchilarini Ukrainaga o‘tkazish va ulardan Rossiya hududiga zarbalar berishda foydalanish haqidagi bayonotlari Shimoliy Atlantika alyansi va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimolini oshirmoqda, deb yozdi senator Aleksey Pushkov o‘zining Telegram kanalida.U, shuningdek, G‘arb frontdagi vaziyatni o‘zgartirishga astoydil harakat qilayotganini, buning uchun barcha yangi turdagi qurollarni yetkazib berayotganini ta’kidladi. Biroq, uning qo‘shimcha qilishicha, hech qanday qurol, jumladan F-16 qiruvchilari Ukraina Qurolli Kuchlariga muvaffaqiyat keltirmaydi.Bir kun avval Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen ilk F-16 qiruvchilari bahorda Ukraina Qurolli Kuchlariga topshirilishi mumkinligini aytdi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, faqatgina texnik xizmat ko‘rsatish uchun infratuzilmaning yo‘qligi ularni o‘tkazishga to‘sqinlik qilmoqda.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/03/36498377_148:0:2879:2048_1920x0_80_0_0_60cb470c2c596592089eec3e1f7a0987.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“xavf ortmoqda”: pushkov natoning rossiya haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
“xavf ortmoqda”: pushkov natoning rossiya haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
“Xavf ortmoqda”: Pushkov NATOning Rossiya haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
Pushkovning qo‘shimcha qilishicha, hech qanday qurol, jumladan F-16 qiruvchilari Ukraina Qurolli Kuchlariga muvaffaqiyat keltirmaydi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning F-16 qiruvchilarini Ukrainaga o‘tkazish va ulardan Rossiya hududiga zarbalar berishda foydalanish haqidagi bayonotlari Shimoliy Atlantika alyansi va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimolini oshirmoqda,
deb yozdi senator Aleksey Pushkov o‘zining Telegram kanalida.
“NATO keskinlashuv yo‘lidan bormoqda. <…> NATO uchun Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv xavfi ortib bormoqda”, - dedi u.
U, shuningdek, G‘arb frontdagi vaziyatni o‘zgartirishga astoydil harakat qilayotganini, buning uchun barcha yangi turdagi qurollarni yetkazib berayotganini ta’kidladi. Biroq, uning qo‘shimcha qilishicha, hech qanday qurol, jumladan F-16 qiruvchilari Ukraina Qurolli Kuchlariga muvaffaqiyat keltirmaydi.
Bir kun avval Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen ilk F-16 qiruvchilari bahorda Ukraina Qurolli Kuchlariga topshirilishi mumkinligini aytdi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, faqatgina texnik xizmat ko‘rsatish uchun infratuzilmaning yo‘qligi ularni o‘tkazishga to‘sqinlik qilmoqda.