https://oz.sputniknews.uz/20240224/oliy-majlis-senati-delegatsiyasi-osiyo-parlament-assambleyasining-yalpi-majlisida-qatnashdi-42643418.html
Oliy Majlis Senati delegatsiyasi Osiyo Parlament Assambleyasining yalpi majlisida qatnashdi
Oliy Majlis Senati delegatsiyasi Osiyo Parlament Assambleyasining yalpi majlisida qatnashdi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Senati delegatsiyasi Osiyo Parlament Assambleyasining yalpi majlisida qatnashdi
2024-02-24T12:40+0500
2024-02-24T12:40+0500
2024-02-26T17:39+0500
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
ozarbayjon
boku
sodiq safoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/18/42645371_0:26:850:504_1920x0_80_0_0_daf8a600402a759000e7c0f6fdf38e71.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasi Osiyo Parlament Assambleyasining 14-yalpi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.Ozarbayjonning Boku shahrida Osiyo Parlament Assambleyasining 14-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.“Osiyoda barqaror rivojlanish yo‘lida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash” mavzusiga bag‘ishlangan sessiyada 40 ta davlatdan parlament delegatsiyalari, jumladan, 10 ta davlatdan ma’ruzachilar, shuningdek, qator xalqaro parlament tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdi.Tadbir ishtirokchilari mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot yo‘lida birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim va madaniyat sohasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, axborot almashinuvining ahamiyati haqida o‘zaro fikr almashdilar.Tadbir doirasida tuzilmaning iqtisodiy va barqaror rivojlanish, budjet va rejalashtirish, ijtimoiy-madaniy masalalar, siyosiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyalarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.Sessiya yakunida Boku deklaratsiyasi va Osiyo Parlament Assambleyasi 14-yalpi majlisining yakuniy hisoboti qabul qilindi.
o‘zbekiston
boku
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/18/42645371_72:0:779:530_1920x0_80_0_0_5bfa36c0985a85bea0cb4d56e1e14e8f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oliy majlis senati delegatsiyasi osiyo parlament assambleyasining yalpi majlisida qatnashdi
oliy majlis senati delegatsiyasi osiyo parlament assambleyasining yalpi majlisida qatnashdi
Oliy Majlis Senati delegatsiyasi Osiyo Parlament Assambleyasining yalpi majlisida qatnashdi
12:40 24.02.2024 (yangilandi: 17:39 26.02.2024) Ozarbayjonning Boku shahrida Osiyo Parlament Assambleyasining 14-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasi Osiyo Parlament Assambleyasining 14-yalpi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati
xabar berdi. Ozarbayjonning Boku shahrida Osiyo Parlament Assambleyasining 14-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
“Osiyoda barqaror rivojlanish yo‘lida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash” mavzusiga bag‘ishlangan sessiyada 40 ta davlatdan parlament delegatsiyalari, jumladan, 10 ta davlatdan ma’ruzachilar, shuningdek, qator xalqaro parlament tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdi.
Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan tadbirda Oliy Majlis Senati rasining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Tadbir ishtirokchilari mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot yo‘lida birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim va madaniyat sohasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, axborot almashinuvining ahamiyati haqida o‘zaro fikr almashdilar.
Tadbir doirasida tuzilmaning iqtisodiy va barqaror rivojlanish, budjet va rejalashtirish, ijtimoiy-madaniy masalalar, siyosiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyalarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Ularda iqtisodiy o‘sish va atrof-muhitni muhofaza qilish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni ta’minlashda OPA parlamentlarining roli to‘g‘risidagi qarorlar loyihalari muhokama qilindi. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, iqlim muammolari, Osiyoda madaniy xilma-xillikni rivojlantirish va madaniy merosni himoya qilish, mintaqada barqaror jamiyat uchun bolalar va yoshlar rivojlanishiga ko‘maklashish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida Boku deklaratsiyasi va Osiyo Parlament Assambleyasi 14-yalpi majlisining yakuniy hisoboti qabul qilindi.