https://oz.sputniknews.uz/20240224/minskda-ozbekiston-va-belarus-msklari-raislari-uchrashdi-42643162.html
Minskda O‘zbekiston va Belarus MSKlari raislari uchrashdi
Minskda O‘zbekiston va Belarus MSKlari raislari uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Minskda O‘zbekiston va Belarus MSKlari raislari uchrashdi
2024-02-24T11:34+0500
2024-02-24T11:34+0500
2024-02-26T11:37+0500
o‘zbekiston
belarus
minsk
uchrashuv
msk
zayniddin nizamxodjayev
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/18/42642150_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_745317728208bc1e1737006f9215206b.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston MSK delegatsiyasining tashrif dasturi doirasida kecha, 23-fevral kuni MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev Belarus MSK raisi Igor Karpenko bilan uchrashdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.Karpenko O‘zbekiston MSK delegatsiyasi a’zolarini 2024-yil 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan yagona ovoz berish kunidagi saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ular bilan bog‘liq asosiy tadbirlar bilan tanishtirdi.U saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari yuqori darajada bo‘lganligi o‘z navbatida katta qoniqish uyg‘otganligini ta’kidladi, MSK faoliyati ochiqligini va xalqaro kuzatuvchilar ishida hamkorlik ko‘rsatayotganini ijobiy baholadi.Belarusda yagona ovoz berish kunida 8-chaqiriq Belarus respublikasi Milliy majlisi Vakillar palatasining 110 nafar deputati va 12 514 nafar 29-chaqiriq mahalliy Kengash deputatlari saylanadi. Mamlakatda 5 411 ta ovoz berish uchastkalari shakllantirilgan. Deputatlarga o‘tkaziladigan saylovlar to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lib, deputatlar fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar. Vakillar palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatining vakolat muddati – 5-yil.
o‘zbekiston
belarus
minsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/18/42642150_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_7ab5fc482ede82c1c759f6676002e957.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
minskda o‘zbekiston va belarus msklari raislari uchrashdi
minskda o‘zbekiston va belarus msklari raislari uchrashdi
Minskda O‘zbekiston va Belarus MSKlari raislari uchrashdi
11:34 24.02.2024 (yangilandi: 11:37 26.02.2024) O‘zbekiston respublikasi MSK Raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya Belarus respublikasining yagona ovoz berish kunida deputatlarga o‘tkaziladigan saylov jarayonlari kuzatuvida ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston MSK delegatsiyasining tashrif dasturi doirasida kecha, 23-fevral kuni MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev Belarus MSK raisi Igor Karpenko bilan uchrashdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati
xabar berdi. Karpenko O‘zbekiston MSK delegatsiyasi a’zolarini 2024-yil 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan yagona ovoz berish kunidagi saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ular bilan bog‘liq asosiy tadbirlar bilan tanishtirdi.
Nizamxodjayev Karpenkoga saylovlarni monitoring qilishda ishtirok etishga taklif qilgani uchun o‘z minnatdorligini bildirdi va saylovlarni muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonch bildirdi.
U saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari yuqori darajada bo‘lganligi o‘z navbatida katta qoniqish uyg‘otganligini ta’kidladi, MSK faoliyati ochiqligini va xalqaro kuzatuvchilar ishida hamkorlik ko‘rsatayotganini ijobiy baholadi.
Delegatsiya a’zolari qator saylov uchastkalariga tashrif buyurdi.
Belarusda yagona ovoz berish kunida 8-chaqiriq Belarus respublikasi Milliy majlisi Vakillar palatasining 110 nafar deputati va 12 514 nafar 29-chaqiriq mahalliy Kengash deputatlari saylanadi. Mamlakatda 5 411 ta ovoz berish uchastkalari shakllantirilgan. Deputatlarga o‘tkaziladigan saylovlar to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lib, deputatlar fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar. Vakillar palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatining vakolat muddati – 5-yil.