Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘tgan yilda YeOII mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti 2,4 trillion dollarga yetdi

© YeAESFlagi YeAES
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2024
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi tahlilchilarining ma’lumotiga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida sanoat ishlab chiqarishi, bajarilgan qurilish ishlari hajmi va chakana tovar aylanmasi ham oshgan.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida YeOII yalpi ichki mahsuloti 3,8 foizga o‘sdi va 2,4 trillion dollarga yetdi, deya xabar berildi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) saytida.
YeIK Statistika departamenti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy hisobotni e’lon qildi.

“2023 yilning yanvar-dekabr oylarida YeOIIda sanoat ishlab chiqarishi 3,7 foizga, bajarilgan qurilish ishlari hajmi 8,6 foizga, chakana savdo aylanmasi esa 6,6 foizga o‘sdi. 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yalpi ichki mahsulot, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 2 391,9 milliard AQSh dollarini (2022 yil yanvar-dekabr darajasiga nisbatan 103,8 foiz) tashkil etdi”, — deyiladi hujjatda.

YeOIIda ro‘yxatga olingan ishsizlik darajasi ishchi kuchining 0,8 foizini tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0