https://oz.sputniknews.uz/20240223/dunyo-mamlakatlarining-yarmidan-kopida-qizamiq-epidemiyasi-kuzatilishi-mumkin-jsst-42634781.html
Dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pida qizamiq epidemiyasi kuzatilishi mumkin — JSST
Dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pida qizamiq epidemiyasi kuzatilishi mumkin — JSST
Sputnik O‘zbekiston
Dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pida qizamiq epidemiyasi kuzatilishi mumkin — JSST
2024-02-23T13:50+0500
2024-02-23T13:50+0500
2024-02-23T13:50+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
jsst
qizamiq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/18/42185643_0:223:2849:1826_1920x0_80_0_0_c7362e0ce9ce6443e8eada37a915b5a9.jpg
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Agar shoshilinch choralar ko‘rilmasa, 2024-yil oxiriga kelib, dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pida qizamiq epidemiyasi tarqalish xavfi juda yuqori. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bundan ogohlantirdi.Ta’kidlanishicha, ushbu kasallik hozirgacha Shimoliy va Janubiy Amerika qit’alaridan boshqa barcha mintaqalarda qayd etildi.Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, epidemiologik vaziyat yomonlashuvi koronavirus pandemiyasi davrida qizamiqqa qarshi emlash tadbirlari yetarli darajada tashkil etilmagani oqibatidir.Xususan, 2022-yili dunyo bo‘yicha emlash qamrovi 2021-yilga nisbatan biroz oshgan bo‘lsa-da, ammo shunda ham 33 million bola mazkur xastalikka qarshi vaksinalar dozalari bilan qamrab olinmadi. 22 million nafarga yaqin o‘g‘il-qiz ularning birinchi dozasini, 11 million nafari ikkinchi dozasini qabul qilishdan chetda qolgan.Eslatib o‘tamiz, 2019-yili Yer yuzida qizamiq bilan kasallanish darajasi keskin oshib, so‘nggi 23-yildagi rekord ko‘rsatkichga yetgandi (869 mingta holat). Eng yomoni, o‘sha yili bu xastalikdan o‘lim statistikasi ham 2016-yilga nisbatan deyarli 50 foizga ko‘paygan (207 ming holat).
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/18/42185643_60:0:2791:2048_1920x0_80_0_0_5b32cf2b1d5fd99bd8ff79be3139232b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pida qizamiq epidemiyasi kuzatilishi mumkin — jsst
dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pida qizamiq epidemiyasi kuzatilishi mumkin — jsst
Dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pida qizamiq epidemiyasi kuzatilishi mumkin — JSST
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, epidemiologik vaziyat yomonlashuvi koronavirus pandemiyasi davrida qizamiqqa qarshi emlash tadbirlari yetarli darajada tashkil etilmagani oqibatidir.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Agar shoshilinch choralar ko‘rilmasa, 2024-yil oxiriga kelib, dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pida qizamiq epidemiyasi tarqalish xavfi juda yuqori. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bundan
ogohlantirdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu kasallik hozirgacha Shimoliy va Janubiy Amerika qit’alaridan boshqa barcha mintaqalarda qayd etildi.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, epidemiologik vaziyat yomonlashuvi koronavirus pandemiyasi davrida qizamiqqa qarshi emlash tadbirlari yetarli darajada tashkil etilmagani oqibatidir.
Xususan, 2022-yili dunyo bo‘yicha emlash qamrovi 2021-yilga nisbatan biroz oshgan bo‘lsa-da, ammo shunda ham 33 million bola mazkur xastalikka qarshi vaksinalar dozalari bilan qamrab olinmadi. 22 million nafarga yaqin o‘g‘il-qiz ularning birinchi dozasini, 11 million nafari ikkinchi dozasini qabul qilishdan chetda qolgan.
“2024 yilgi emlash dasturlarida ham katta bo‘shliqlar bor. Agar holat shunday davom etsa, millionlab bolalarimiz bundan jabr ko‘rishi mumkin. Bugun sayyoramiz bo‘yicha qizamiqning o‘sish dinamikasi kuzatilyapti. Ayniqsa, o‘rta daromadli mamlakatlarda ahvol qoniqarli emas. Biz 2019-yilgi holat takrorlanishidan xavotirdamiz”, - deydi JSST vakili Natasha Kroukroft.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yili Yer yuzida qizamiq bilan kasallanish darajasi keskin oshib, so‘nggi 23-yildagi rekord ko‘rsatkichga yetgandi (869 mingta holat). Eng yomoni, o‘sha yili bu xastalikdan o‘lim statistikasi ham 2016-yilga nisbatan deyarli 50 foizga ko‘paygan (207 ming holat).