https://oz.sputniknews.uz/20240222/shavkat-mirziyoev-vladimir-putin-uchrashuv-42618582.html
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv qanday o‘tdi?
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv qanday o‘tdi?
Sputnik O‘zbekiston
Ikki mamlakat yetakchilari bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
2024-02-22T09:00+0500
2024-02-22T09:00+0500
2024-02-22T13:12+0500
siyosat
rossiya
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
vladimir putin
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/16/42624808_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_5670d51251bce257f5190fd82dcabcf1.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Qozonga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan, o‘tgan yil 5-7 oktabr kunlari Moskva shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, davlat rahbarlari transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirish, temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.2023 yilda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, hududlar, ta’lim, tibbiyot forumlari, qator boshqa ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.Toshkent va Jizzax viloyatlarida "Ximgrad" industrial texnoparklari muvaffaqiyatli ishlamoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yangi “Alabuga” va “Master” innovatsiya parklari barpo etilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/16/42624808_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_4a703680ead827c564638fbeb64b3377.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev vladimir putin uchrashuv
shavkat mirziyoyev vladimir putin uchrashuv
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv qanday o‘tdi?
09:00 22.02.2024 (yangilandi: 13:12 22.02.2024) Ikki mamlakat yetakchilari bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Qozonga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan, o‘tgan yil 5-7 oktabr kunlari Moskva shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, davlat rahbarlari transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirish, temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
2023 yilda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, hududlar, ta’lim, tibbiyot forumlari, qator boshqa ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.
"Tovar ayirboshlashning ijobiy sur’ati saqlanib qolmoqda. Sanoat, energetika, transport, kimyo, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi loyihalar faol bosqichga kirgan. Hududlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi", — deyiladi xabarda.
Toshkent va Jizzax viloyatlarida "Ximgrad" industrial texnoparklari muvaffaqiyatli ishlamoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yangi “Alabuga” va “Master” innovatsiya parklari barpo etilmoqda.