Samarqandda Rossiya oliy o‘quv yurtlaridan biri Matematika haftaligi o‘tkazdi

© SKFU Vladimir SamoylenkoStudenti Samarkandskogo gosudarstvennogo universiteta v protsesse zanyatiy v ramkax proyekta "Nedeli matematiki"
Studenti Samarkandskogo gosudarstvennogo universiteta v protsesse zanyatiy v ramkax proyekta Nedeli matematiki  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2024
Obuna bo‘lish
Matematika haftaligi matematika talabalari uchun matematik bellashuv bilan boshlandi. G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Samarqandliklar maktab o‘quvchilari uchun olimpiada, talabalar uchun matematik bellashuv va o‘qituvchilar uchun seminarni o‘z ichiga olgan Matematika haftaligida ishtirok etishdi. Tadbir O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi ko‘magida Rossiya Shimoliy-Kavkaz federal universiteti tomonidan tashkil etildi, deb xabar berdi universitet matbuot xizmati.
Matematika haftaligi matematika talabalari uchun matematik bellashuv bilan boshlandi. G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi.
“Bunday tadbirlar ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish, iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishning samarali shaklidir. Yigitlar topshiriqlarga ilhom bilan yondashishdi va ularning raqobatbardosh ruhi ularga qiyin vazifalarni yengishga imkon berdi. Biz o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va Rossiya oliy o‘quv yurtlari bilan kelgusida samarali hamkorlik qilishiga umid qilamiz", – dedi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov.
Matematika haftaligining asosiy voqeasi 10-11 sinf o‘quvchilari uchun Rossiya Shimoliy-Kavkaz federal universiteti "45 parallel" olimpiadasining o‘tkazilishi bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra abituriyentlar universitetga kirishda imtiyozlarga ega bo‘lishlari mumkin.
© SKFU Vladimir SamoylenkoStudenti Samarkandskogo gosudarstvennogo universiteta v protsesse zanyatiy v ramkax proyekta "Nedeli matematiki"
Studenti Samarkandskogo gosudarstvennogo universiteta v protsesse zanyatiy v ramkax proyekta Nedeli matematiki  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2024

“O‘tgan yili universitetimiz xorijlik talabalarni magistratura bo‘yicha tayyorlash uchun federal grant oldi. Buning sharofati bilan fakultetimiz O‘zbekistondan bir qancha iqtidorli yigitlarni kvota bo‘yicha tekin qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabalar matematika olimpiadasi iqtidorlilarni saralab olishga yordam beradi, deb umid qilamiz”, – dedi professor N.I.Chervakov nomidagi Rossiya Shimoliy-Kavkaz federal universiteti matematika va informatika fakulteti dekani Tatyana Grobova.

Tadbirlar dasturidan Samarqand davlat universiteti o‘qituvchilari va maktab matematika o‘qituvchilari uchun uslubiy seminar o‘tkazildi. Rossiya universiteti ekspertlari o‘zbekistonlik hamkasblarini ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanishning yangi usullari bilan tanishtirdi.
Rossiya va O‘zbekiston akademik hamjamiyatlari o‘rtasida uzoq yillik do‘stona aloqalar mavjud. Samarqandda 2022-yilda ochilgan Rossiya ta’limi markazi 32 ta universitetni birlashtirgan. Loyiha koordinatori Shimoliy Kavkaz Federal Universiteti.
Rossiya va O‘zbekiston tomonlari hamkorlikning turli formatlarini faol rivojlantirmoqda. Samarqandda matematika haftaligini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston delegatsiyasining Stavropolga tashrifi chog‘ida qabul qilingan edi.
Samarqandda an’anaviy ravishda aniq fanlar yuqori darajada rivojlangan. Rossiya oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirayotgan o‘zbekistonlik abituriyentlar rus tilini yaxshi bilishi va matematika bo‘yicha yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgani uchun ikki davlat ham iqtidorli yoshlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor.
Bugunning o‘zidayoq O‘zbekiston fuqarolari Shimoliy-Kavkaz federal universitetidagi xorijlik talabalarning eng yirik guruhlaridan birini tashkil etadi, dedi universitet rektori Dmitriy Bespalov.
“Rossiya uyi bilan birgalikda biz bir qancha mamlakatlarda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan “Matematika haftaligi” loyihasini davom ettirmoqdamiz. Xorijiy hamkorlar va abituriyentlarning Rossiya ta’limiga bo‘lgan yuqori qiziqishini ta’kidlamoqchiman, bu esa kelajakda o‘zaro hamkorlik shakllarini kengaytirishga turtki beradi. Ishonchim komilki, bunday loyihalar talabalarni innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishga undaydi va Rossiya ta’limini xorijga o‘tkazishni ta’minlaydi”, — dedi u.
Tadbir “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi ko‘magida tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0