NATO va Ukraina: doimiy rad etishlar tarixi – video

Obuna bo‘lish
Ukraina va NATO o‘rtasidagi munosabatlar tarixi SSSR parchalanganidan keyin deyarli darhol 1992-yildan beri davom etmoqda. Videoda hamkorlikning xronologiyasi va bu nimaga olib kelganligi tushuntirilgan.
Ukraina mustaqillikka erishib, 1992-yilda Shimoliy Atlantika hamkorlik kengashiga qo‘shildi. 1994-yil fevral oyida Kiyev “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” tashabbusi doirasida NATO bilan, 2002-yilda esa NATO bilan shaxsiy sheriklik rejasini tuzdi.
2005 yilda Viktor Yushenko hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Ukraina NATO bilan “tezlashtirilgan muloqot” formatida hamkorlik qildi.
2008 yilda Shimoliy Atlantika alyansining Buxarestda bo‘lib o‘tgan sammitida Ukraina rasmiylariga barcha talablar bajarilgandan keyingina NATOga a’zo bo‘lish mumkinligi haqida ma’lumot berildi. 2010-yilgi saylovlarda g‘alaba qozongan Viktor Yanukovich davrida Ukraina qo‘shilmaslik maqomini saqlab qoldi. Biroq, 2014-yildagi Yevromaydondan keyin Ukraina hukumatining siyosiy yo‘nalishi o‘zgardi.
Sputnik videosida Ukraina va NATO o‘rtasidagi munosabatlarning butun tarixini bilib olishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0