Ukraina xavfsizlik xizmati ustidan MRB nazorati – 2014-yilgi davlat to‘ntarishining asosi

© Sputnik / Andrey SteninDim ot pojarov i storonniki oppozitsii na ploshadi Nezavisimosti v Kiyeve.
Dim ot pojarov i storonniki oppozitsii na ploshadi Nezavisimosti v Kiyeve.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2024
Obuna bo‘lish
2014 yilning qishida Kiyevdagi qurolli to‘ntarish AQShning Rossiyaga qarshi strategiyasining elementi bo‘lib, Markaziy razvedka boshqarmasining "ko‘p qirrali" harakatlarining natijasidir.
"Maydan-2" Ukraina maxsus xizmatlarini (davlat xavfsizlik agentliklari) amerikalik kuratorlarga qayta moslashtirilishi va tezkor ravishda bo‘ysundirilishi natijasida sodir bo‘ldi. Rossiya bilan proksi urushda "gegemon" uchun yuz minglab ukrainalik askar va ofitserlar sarf materiallari sifatida xizmat qilgan birinchi "samoviy yuzlik" hikoyaning muqaddimasi bo‘ldi. Shunday qilib, Mazepaning xiyonatidan 300-yil o‘tgach, "mustaqil" Ukraina o‘zining "qahramoni" ning ayanchli taqdirini takrorladi va soxta davlatchilikning mantiqiy yakuniga yaqinlashdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9-fevral kuni Taker Karlsonga bergan intervyusida Ukrainadagi 2014-yilgi davlat to‘ntarishi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi ko‘magida amalga oshirilganini eslatib, shunday ta’kidladi: “Texnik jihatdan ular hamma narsani to‘g‘ri qildilar, xohlagan maqsadlariga – hokimiyat o‘zgarishiga erishdilar. Ammo siyosiy nuqtayi nazardan bu juda katta xatodir".
Bu Maydanlar tarixida Markaziy razvedka boshqarmasining yetakchi va yo‘naltiruvchi roli birinchi marta paydo bo‘layotgani yo‘q. Tirik guvoh, Ukraina prezidenti ma’muriyatining sobiq rahbari Andrey Klyuyev avvalroq shunday degan edi: “Ukraina ikkita "rangli" inqilobni boshidan kechirdi va ularning har ikkalasi ham G‘arb razvedka xizmatlari, xususan, AQSh razvedka xizmatlari tomonidan bir xil namunalar bo‘yicha ishlab chiqilgan... Bu, barcha belgilarga ko‘ra, davlat to‘ntarishi, shuningdek, bir yildan ko‘proq vaqt davomida tayyorlagan harbiy operatsiyadir”.
Klyuyev Ukraina xavfsizlik xizmatini zararsizlantirishning Amerika usullari va Markaziy razvedka boshqarmasi mutaxassislari tomonidan jangarilarni tayyorlash haqida ko‘p gapirdi. Albatta, Amerika pullari hisobiga. AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Viktoriya Nuland 2014-yil bahorida CNN telekanaliga bergan intervyusida Vashington “Ukraina xalqining kuchliroq, demokratik hukumatga intilishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun” 5 milliard dollar ajratganini tasdiqlagan. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan amerikaliklar Maydanni mayda pullar bilan oziqlantirib turgan.
2000 yillarning boshidan beri Amerika razvedka xizmati mutaxassislari Kiyevda ochiq ish yuritgan – Ukraina xavfsizlik kuchlarini Vashington manfaatlari yo‘lida o‘zgartirgan. Markaziy razvedka boshqarmasi va Ukraina xavfsizlik xizmati rahbarlari AQSh razvedka xizmatlarining strategik rejalariga "o‘rnatilgan" operativ vazifalarni muhokama qilish uchun muntazam uchrashib turishardi. Ukraina maxsus xizmatlari rahbarlari 2004-yilda amerikaliklar tomonidan uyushtirilgan "Maydan" ni qo‘llab-quvvatlagani bejiz emas. Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Galaka va Ukraina xavfsizlik xizmati boshlig‘i Igor Smeshko shaxsan o‘sha yerda bo‘lib, namoyishchilarni kuchli himoya qilishga va’da berishgan edi.
2005 yilda (prezident Viktor Yushchenko hokimiyatga kelganidan keyin) boshlangan Ukraina razvedka xizmatlarining islohoti baptist-pastor Aleksandr Turchinovni Ukraina xavfsizlik xizmati boshlig‘i lavozimiga olib keldi. Kiyev G‘arb razvedka idoralari bilan yaqinlashib qoldi. 2010-yil oktabr oyida Ukraina "sobiq Sovet Ittifoqining xavfsizlik va razvedka sektorini isloh qilishda NATO bilan hamkorlik qilishga qaror qilgan birinchi davlat" bo‘ldi.
Viktor Yushchenkoning prezidentlik davrida (2005–2010) AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Ukraina hududida “xalqaro terrorchilar uchun” maxfiy qamoqxonalarni ochgan. Amerikalik kuratorlar shaxsiy misol bilan Ukraina xavfsizlik xizmatida 2014-yildan beri Ukrainada odatiy holga aylangan qonunga, Gestapo tergov usullariga va suddan tashqari qatllarga nisbatan nafratni keltirib chiqardilar.
"Maydan-2" operatsiyasi
2014 yil boshida amerikaliklar "Maydan" ni qizdirish uchun muhim maxsus vositalar arsenalidan foydalangan: nazorat ostidagi fondlar va jamoat tashkilotlari, muxolifatdagi ta’sir o‘tkazuvchi agenturalar, hukmron partiya, harbiy kuchlari va prezident Viktor Yanukovichning yaqin doiralari. O‘sha paytda Ukrainadagi davlat xavfsizlik tizimi to‘liq AQSh va NATO foydasiga shakllangan edi.
Ukraina "Maydan-2"dan ancha oldin Rossiyaga qarshi bo‘lgan. Kiyevdagi davlat to‘ntarishi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining ko‘p yillik faoliyati natijasidir. Amerikaparast "Maydan" ni tayyorlash jarayoni 2006-yil dekabr oyida Valentin Nalivaychenko Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganidan keyin (birinchi marta 2010-yilgacha) sezilarli darajada kuchaydi.
Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlariga Ukraina xavfsizlik xizmatining bosh binosida butun bir qavat ajratib berildi. Prezident Yushenko bahsli Nalivayichenkoning Oliy Rada orqali "siyosiy" tayinlanishini birinchi urinishda emas, balki faqat 2009-yilning bahorida ma’qullay oldi. Shunda Britaniyaning MI-6 razvedkasi sobiq xodimi Bridjit Ostin Nalivaychenkoning maslahatchisi va Ukraina razvedka xizmatlari ustidan "fuqarolik-demokratik nazorat" bo‘limi boshlig‘i bo‘ldi.
Paradoks shundaki, hatto 2010-yilda Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari lavozimidan Oliy Radada deputatlik lavozimiga o‘tkazilishi ham Nalivayichenkoga Bandera jangarilarini AQShning Ukrainadagi elchisi Jeffri Payett nazorati ostidagi o‘quv lagerlarida o‘qitishni nazorat qilishiga to‘sqinlik qilmadi. Shunday qilib, "Urfin Djusning yog‘och askarlari" Amerika ertagidan "Maydanlar" va Donbassdagi harbiy harakatlar haqidagi Ukraina haqiqatiga qadam qo‘yishdi.
Zamonaviy Mazepaning tarjimai holi rang-barang tusga ega. Kiyev universitetining istiqbolli bitiruvchisi Valentin Nalivaychenko Andropov nomidagi Tashqi razvedka institutida o‘qishni davom ettirdi, ammo 1994-yil fevral oyida u muddatidan oldin ozod etilish to‘g‘risida hisobot taqdim etdi. Keyin u Kiyevdagi Ukraina xavfsizlik xizmati ixtiyoriga yuborildi va 28 yoshida "xizmatdagi nomuvofiqlik tufayli" zaxiraga o‘tkazildi. Biroq, o‘sha yili u tezda diplomat sifatida faoliyatini boshladi – Ukrainaning Finlyandiyadagi elchixonasining ikkinchi va birinchi kotibi, Daniya va Norvegiyada esa o‘rindosh. Keyinchalik, 2001-2003 yillarda Nalivayichenko Vashingtonda Ukrainaning AQShdagi elchixonasi bosh konsuli lavozimida ishlagan. Ukraina Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Renat Kuzmin va Ukraina xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Aleksandr Yakimenkoning ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh razvedka idoralari Vashington davrida Nalivayichenkoni yollagan. Bu, ehtimol, ancha oldin sodir bo‘lgan.
Ukraina Bosh prokuraturasi biroz kechikib, 2013-yil sentabr oyida Nalivaychenkoni davlat sirlarini oshkor qilishda aybladi. Ukraina xavfsizlik xizmati boshlig‘i 2006-2010 yillarda Markaziy razvedka boshqarmasiga ukrainalik diplomatlarni yollash to‘g‘risidagi kontrrazvedka materiallarini topshirgan, shuningdek, Lengli xdimlariga Ukraina xavfsizlik xizmatining asosiy binosida ish joylarini taqdim etgan. Qolavversa, xodimlarning shaxsiy hujjatlari, Ukraina maxsus xizmatlarining boshqa maxfiy hujjatlari bilan tanishish huquqini bergan. Markaziy razvedka boshqarmasining keraksiz mutaxassislarni "filtrlash" va tegishli (o‘z) odamlarini Ukraina xavfsizlik xizmatiga "tayinlash" harakatlari Kiyevda haqqoniy baholanmadi. Mo‘’jizaviy ravishda, tez orada jinoyat ishi "jinoyat tarkibi yo‘qligi uchun" yopildi va Nalivaychenko 2014-yil 24-fevralda yana Ukraina xavfsizlik xizmati raisi bo‘ldi.
Kiyevdagi davlat to‘ntarishidan so‘ng, AQSh va NATO razvedka xizmatlari infratuzilmasining yashirin va aniq kengayishi, Ukrainada Rossiyani "kuzatish" uchun Amerika razvedka markazining tashkil etilishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Brennan 2014-yil aprel oyida Kiyevga tashrif buyurgan, amerikalik kurator, Ukraina xavfsizlik xizmati sobiq rahbari va Oliy Rada spikeri Aleksandr Turchinov bilan uchrashuvdan so‘ng Donbassda “terrorchilikka qarshi operatsiya” boshlanganini e’lon qilgan edi.
2014 yil 22-noyabrda Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Andrey Leus 2014-yil 22-noyabrda “Maydan Qizil maydonga kelishi kerak, Ukraina esa zudlik bilan Putinga qarshi koalitsiya tuzishi kerak, Rossiyaning qo‘shnilari va Moskva tomonidan ezilgan xalqlar: chechenlar, buratlar, adigeylar, tatarlar, sibirlar, urallarni o‘z ichiga olgan anti-Putin koalitsiyasini tuzish kerak” deganida, qadimgi Rossiyaning Kiyev shahri ustidan zulmat tushdi. Albatta, milliy razvedka xizmatlari Vashington tomonidan nazorat qilinmagan va o‘z burchini vijdonan bajarayotgan mamlakatda bunday "rangli inqiloblar" ni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bunga misol qilib, Belarus Respublikasida 2020-yil kuzida sodir bo‘lgan muvaffaqiyatsiz "Maydan"ni keltirish mumkin.
AQSh tashqi siyosatining quroli sifatida Markaziy razvedka boshqarmasi 2015-yilda Ukraina xavfsizlik xizmati beshinchi boshqarmasini "o‘ziga moslab" tuzdi, Bosh razvedka boshqarmasini (harbiy razvedka) o‘zgartirdi hamda shu kungacha Rossiya bilan yashirin va ochiq urushda Ukraina agentlarini bevosita boshqaradi - qonun doirasidan tashqarida va "xalqaro huquqlardan holi" holda.
O‘z navbatida, Moskva xayrixohlik imo-ishoralarini berishdan charchadi va qonuniy harbiy vositalar orqali milliy xavfsizlikning zarur darajasiga erishmoqda. Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasining ikkinchi yili yakunlanmoqda va oraliq natijalar AQSh va NATO uchun yaxshi narsa va’da qilmaydi. Kiyev rejimiga qo‘shimcha qurol yetkazib berish va G‘arbning boshqa buzg‘unchi harakatlari faqat maxsus harbiy operatsiya tizimining davomiyligini oshirishga, Ukraina qo‘shinlari va NATO qo‘shinlarining yo‘qotishlarini sezilarli darajada o‘sishiga olib kelishi mumkin, ammo Rossiyaning maqsad va vazifalari o‘zgarishsiz qoladi. Markaziy razvedka boshqarmasining "rangli inqiloblari" va AQSh parazit "gegemonligi" davri nihoyalanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0