Aholi daromadlarini oshirish: Mirziyoyev mutasaddilarga qanday topshiriqlar berdi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po obespecheniyu ekonomicheskogo rosta v regionax, podderjke predpriyatiy, rabotayushix s nepolnoy moshnostyu.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po obespecheniyu ekonomicheskogo rosta v regionax, podderjke predpriyatiy, rabotayushix s nepolnoy moshnostyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2024
Obuna bo‘lish
Barcha 208 ta tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlanadi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mutasaddilarga aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalar tayyorlash vazifasi qo‘yildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident hududlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, past quvvatda ishlayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Bu haqda shu yil yanvarda makroiqtisodiy barqarorlik tahlili bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi. Unga muvofiq, hududlarda ishga solinmagan qo‘shimcha imkoniyatlar, tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi.
Masalan, Qashqadaryo viloyatidagi Mirishkor kanaliga qo‘shimcha nasos va lotoklar o‘rnatish orqali Qarshi tumanida 600 gektar yerni o‘zlashtirish mumkin. Bu kastor loviyasi yetishtirib, uning moyini ishlab chiqarish, 1 ming 400 kishining bandligini ta’minlash imkonini beradi.

"Ayrim sanoat zonalarida infratuzilma quvvatini yaxshilash zarur. Shu maqsadda joriy yilda budjetdan 1,5 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Buning natijasida mazkur zonalarning jozibadorligi oshib, korxonalar faoliyati kengayadi va ish o‘rinlari ko‘payadi", — deyiladi xabarda.

Sanoat korxonalariga yaqin bo‘sh maydonlarda quyosh panellari o‘rnatib, ularga qo‘shimcha energiya yetkazib berish hamda tizimdagi yuklamani yengillatish imkoniyati bor.
Qayd etilishicha, tekstil uchun bo‘yoq importida bojxona imtiyozi qo‘llanilgani hisobiga trikotaj mato, ko‘ylak, kostum-shim tannarxi arzonlashgan.

"Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma’qullab, tegishli meyoriy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Mutasaddilarga barcha 208 ta tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalar tayyorlash vazifasi qo‘yildi", — deyiladi xabarda.

Stroitelstvo innovatsionnogo nauchno-texnologicheskogo sentra MGU Vorobyevi gori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2024
O‘zbekiston 100 ming nafar fuqarosini xorijda ish bilan ta’minlamoqchi
Yangiliklar lentasi
0