Nuriddin Ismoilov va Vacheslav Volodin uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
© Gosudarstvennaya DumaNuriddin Ismoilov va Vacheslav Volodin
© Gosudarstvennaya Duma
Obuna bo‘lish
Vacheslav Volodin o‘zbekistonlik hamkasbini “Parlamentarizmni rivojlantirish” xalqaro forumiga taklif qildi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Moskvada Davlat dumasi va O‘zbekiston Qonunchilik palatasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Komissiya yig‘ilishida Yevroosiyo makonida iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash tizimi sifatini oshirish va mehnat migratsiyasi sohasidagi vaziyat masalalari muhokama qilindi.
Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodinning fikricha, parlamentlararo hamkorlikni yanada faol rivojlantirish, hamkorlikning yangi formatlarini izlash, do‘stlik guruhlari va Parlamentlararo komissiya faoliyatini aniq mazmun bilan to‘ldirish zarur. Bu har ikki davlat fuqarolarining ehtiyojlarini qondiradi, deya qo‘shimcha qildi u.
© duma.gov.ruDavlat dumasi raisi Vacheslav Volodin va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov
Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov
“Davlat rahbarlari darajasida qabul qilingan qarorlar keyinchalik hayotga tatbiq etilishi uchun biz hamma narsani qilishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov uni qo‘llab-quvvatladi.
“Biz parlamentlararo hamkorligimizni yaxshilashimiz kerak, chunki deputatlik korpusi hissa qo‘shishi kerak bo‘lgan masalalar bor. Davlat rahbarlari haqiqatan ham mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratmoqda. Biz ishlashimiz, hukumat va idoralarimizga deputatlik korpusi qo‘llab-quvvatlashi uchun yordam berishimiz kerak, – dedi Ismoilov.
Vacheslav Volodin o‘zbekistonlik hamkasbini “Parlamentarizmni rivojlantirish” xalqaro forumiga taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.