https://oz.sputniknews.uz/20240219/ozbekiston-turkmaniston-elektr-energiya-import-42559561.html
O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi import qildi
O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi import qildi
Sputnik O‘zbekiston
Turkmanistondan 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi.
2024-02-19T13:29+0500
2024-02-19T13:29+0500
2024-02-19T15:40+0500
iqtisod
o‘zbekiston
turkmaniston
elektr energiyasi
energetika vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/15/30120629_0:119:1280:839_1920x0_80_0_0_d05919681eb023364176b86476259a4c.jpg
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekistonga Turkmanistondan 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 18-fevral kuni barcha elektr stansiyalar orqali jami 231,4 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 40,3 mln kubometr tabiiy gaz, 26,3 ming tonna ko‘mir hamda 10,7 ming tonna mazut yoqildi.Respublika iste’molchilariga 225,6 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Tabiiy gaz iste’moli 151,6 mln kubometrni tashkil qildi.Shuningdek, mamlakatgi 133 ta metan "zapravka" orqali ijtimoiy soha – tibbiyot muassasalari hamda shu kabi boshqa obyektlarga tegishli avtomobillarga 700 ming kubometr tabiiy gaz yetkazib berildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/15/30120629_2:0:1279:958_1920x0_80_0_0_3a4b1ffb891cefebd10c45209ef18ece.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turkmaniston 21,6 mln kvt·soat elektr energiyasi import
turkmaniston 21,6 mln kvt·soat elektr energiyasi import
O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi import qildi
13:29 19.02.2024 (yangilandi: 15:40 19.02.2024) O‘zbekiston bo‘ylab kunning tig‘iz vaqtida 400 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘lindi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekistonga Turkmanistondan 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 18-fevral kuni barcha elektr stansiyalar orqali jami 231,4 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 40,3 mln kubometr tabiiy gaz, 26,3 ming tonna ko‘mir hamda 10,7 ming tonna mazut yoqildi.
“Turkmaniston Respublikasidan 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi. Shunga qaramay, kecha elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha defitsit 6,4 mln kVt·soatni tashkil etib, mamlakatimiz bo‘ylab kunning tig‘iz vaqtida 400 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘lindi”, — deydi Toshxo‘jayev.
Respublika iste’molchilariga 225,6 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Tabiiy gaz iste’moli 151,6 mln kubometrni tashkil qildi.
Shuningdek, mamlakatgi 133 ta metan "zapravka" orqali ijtimoiy soha – tibbiyot muassasalari hamda shu kabi boshqa obyektlarga tegishli avtomobillarga 700 ming kubometr tabiiy gaz yetkazib berildi.
“Avtobenzin va dizel yonilg‘isi aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, 18-fevral kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 1 ming 126 tonna avtobenzin yetkazib berildi”, — deya qo‘shimcha qildi Toshxo‘jayev.